Фарзанд тарбиясида таълимий вазифалар
Ta’lim jarayonini tashkil etish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Taqdimot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
- O’rta Osiyoda texnologiya tabiyasining tarkib topishi.
- “odamiylar odamiysi”
Ta’lim jarayonini tashkil etish:
Ta’lim jarayoni o’zaro chambarchas bog’langan o‘qitish va ta‘lim olishdan iboratdir. O’quv jarayonini tashkil etishning usullarini ishlab chiqishda texnologiya fanini o’qitish metodikasi boshqa o’quv fanlarini o’qitish tajribasidan, didaktik tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Shu bilan birga ko’p masalalarni texnologiya fanini o’qitish metodikasining o’zi mustaqil hal qilishiga to’g’ri keladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash. Umumta’lim maktablarining barchasida texnologiya fani bo’yicha maktabdan va sinfdan tashqari ishlar keng tarqalgan. Deyarli barcha maktablarda texnologiya faniga oid to’garaklar (yosh duradgor, yosh chilangar, bichish va tikish to’garagi, mohir pazanda to’garagi va mohir qo’llar to’garagi) tashkil etilgan. Barcha to’garaklarni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish. Shu bilan birga to’garakda bajarilgan ishlar natijasi ilmiy tadqiqotlikka (yangilik yaratishga) yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Bu esa umumta’lim maktablarida o’tiladigan texnologiya fani oldiga yuksak vazifalarni qo’yadi. 3. O’rta Osiyoda texnologiya tabiyasining tarkib topishi. Insoniylik-insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to’g’risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amxo’rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko’ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g’amxo’rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir. Insoniylik g’oyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq og’zaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy ta’limotlarda o’z aksini topib kelmoqda. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida insoniylik g’oyalari azaldan keng tarqalgan bo’lib, uning ko’p ming yillik tarixi bilan chambarchas bog’liq. O’rta Osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va b. asarlarida insoniylik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati g’oyalari olg’a surilgan. Forobiy insonlarning inoq va do’st yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qat’iy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaati, mamlakat haqida g’amxo’rlikni asosiy masala qilib qo’ygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olg’a surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham insonparvarlik g’oyalari o’z ifodasini topgan. Unda faqir, kambag’al, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, saxovatli va insofli bo’lishga da’vat qilinadi. Alisher Navoiy ijodi tubsiz ummonga o’xshaydi. Zero, ul zotning boy ma’naviy merosi shu qadar keng va salmoqliki, unda qayd etilgan mavzularda hayot hodisotlari, inson turmushi, ichki kechinmalari bilan bog’liq barcha jihatlar qalamga olingan. Shoir o’quvchi e’tiborini eng muhim tushunchalarga qaratadi. Ularning har biriga alohida urg’u beradi: ko’ngil, iymon, saxovat, adab, qanoat, vafo, ishq, rostlik, ilm kabilar teran sharhlanadi. Asarlarida inson, insoniylik belgilari, “odamiylar odamiysi”, ya’ni bugunning tili bilan aytganda, komil shaxs haqida ko’pgina fikrlar uchraydi. Navoiy insonni ulug’laydi. Uning ko’ngli muqaddas ekanligini takror-takror ta’kidlaydi. Ayni paytda har bir kishi ezgu nom qoldirishi, umrini yaxshiliklar qilish bilan bezashi muhimligini uqtiradi. Shuning uchun bo’lsa kerak, yillar, asrlar o’tsa-da, bobokalonimizning ijodiga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Navoiyning komil inson ta’limoti negizini tabiat, inson va Allohga bo’lgan muhabbat belgilaydi. U payg’ambarlar, aziz avliyolar, piru komillar, orifu so’fiylar to’g’risida so’z yuritganda, g’azal va ruboiylarida tabarruk zotlarning xislatu fazilatlari haqida ishq- muhabbat bilan yozgan. Alisher Navoiy asarlarida har tomonlama rivojlangan barkamol insonning qiyofasi, uning barkamolligi, orifli- gini ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar haqida ham ajoyib fikr- mulohazalar yuritilgan. Uning yozishicha, barkamol insonning eng muhim fazilatlaridan biri - xalqparvarlik, vatanparvarlikdir. Yurt tashvishi bilan yashab, xalqqa ko’p foyda yetkazgan kishini chinakam xalqparvar odam deb hisoblaydi. Bunday fikr- mulohazalarni A.Navoiyning “Arba’in hadis” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur, Eshitib shubha ayla raf andin. Yaxshiroq bil ani ulus arokim, Yetsa ko’proq uluska naf andin. Barkamol insonga xos fazilatlarni Alisher Navoiyning mashhur qahramoni - Farhod obrazida ham ko’rish mumkin. Farhodning fe’l-atvori, yurish-turishida, faoliyatida, fozil insonga xos fazilatlarning barchasi jamuljam edi. Ayniqsa, ilmu-hunar o’rganishga chanqoqlik, halol texnologiya qilish, axloqiy poklik Farhod shaxsini yanada ulug’laydi, shuning uchun ham el-yurt Farhodni e’zozlaydi. Shoir Farhodning bunday insoniy fazilatlarini quyidagicha ta’riflaydi: Demonkim, ko’ngli pok-u ko’zi pok, Tili poku, so’zi poku o’zi pok. Munungdek ziynati pokiga loyiq, Duosin aylabon poki xaloyiq, O’rta Osiyoda texnologiya tarbiyasi yuqorida nomlari ko’rsatib o’tilgan buyuk mutaffakkirlarimiz asarlarida tarannum etilgan va tarkib toptirilgan. Ular inson solohiyati masalalariga ham alohida e’tibor qaratganlar. Inson salohiyati deganda esa quyidagilar tushuniladi: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling