Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Download 71.41 Kb.
|
6-sinf kerakli
Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Narsa otlarini yasovchi qo’shimchalar va ularning imlosi. Narsa otlari -gich, (-qich, -kich, g’ich), -gi (-qi, -ki, -g’i), -k, -q, -oq, -(i)ndi, -ma, -don va boshqa qo’shimchalar yordamida yasaladi. -q qo’shimchasi a unlis bilan tugagan fe’llarga qo’shilganda, a unlis o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo’ya+q=bo’yoq. O’rin-joy otlari. “Qayer?” so’rog’iga javob bo’lib, o‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o’rin-joy otlari sanaladi. Bunday otlar o’rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham bildiradi, shuning uchun “qayer?’’ so’rog’i bilan birga “nima?” so’rog’ini ham olishi mumkin. -zor, -loq, -iston, -goh qo’shimchalari o’rin-joy otlarini yasaydi. Faoliyat-jarayon otlari. Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyatjarayon otlari deyiladi. Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k, (-q) qo’shimchalari yordamida yasaladi: ezmalik, g’allachilik, serobgarchilik, terim, unum va hakozo. Aniq va mavhum otlar. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lgan narsalarni bildirgan otlarga aniq otlar deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, dutor va hakozo. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi: xayol, aql, o’y, go’zallik va hakozo. Aniq otlar birlik va ko’plik shaklida qo’llana oladi, ammo mavhum otlar ko’plik shaklida qo’llanganda, asosan, ko’plik ma’nosi emas, balki ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar va ularning imlosi. Mavhum otlar -lik, -ch, -inch qo’shimchalari yordamida yasaladi. Otlarning lug’aviy shakllari. Son shakllari, Otlarning -lar qo’shimchasini olgan shakli ko’plik shakli, -lar qo’shimchasiz shakli esa birlik shakli sanaladi. Otlarning ko’plik shakli ko’plik ma’nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko’zim - ko’zlarim, labi -lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari. Otlarning -cha, -choq, -chak kabi qo’shimchalarni olgan shakli kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina) -jon, -xon, -oy kabi qo’shimchalarni olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi. Sifat. Otga bog’lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qanaqa?” so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlarga sifat deyiladi. Sifatlarning yasalishi. Sifatlar tarkibiga ko’ra tub va yasama sifatlarga bo’linadi. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimchalar bo’lmagan sifatlar tub sifatlar, asos va so’z yasovchi qismdan iborat bo’lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo’shimchalar qo’shish yoki so’z qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi. Sifat yasovchi qo’shimchalar va ularning imlosi. -li, ser-, -dor, -siz, no-, -chan, -ma, -iy(- viy) kabi qo’shimchalar sifat yasovchi qo’shimchalar hisoblanadi. -li, -dor, ba-, -mand qo’shimchalari asosida ifodalangan belgiga egalikni bildiradi. Bu qo’shimchalar (-mand qo’shimchasidan tashqari) asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be- qo’shimchalari bilan zid ma’nolidir. -gi (-ki, -qi) qo’shimchasi payt va o’rin bildiruvchi Download 71.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling