Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Download 71.41 Kb.
bet6/50
Sana02.01.2022
Hajmi71.41 Kb.
#189632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
6-sinf kerakli

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


  1. Fe’llarning yasalishi. -la, -a qo’shimchalari ot, sifat, undov so’zlardan. -(a)y, -i, -sira, -sa qo’shimchalari ot va sifatlardan, ba’zan ravishlardan, -(a)r qo’shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo’shimchalari taqlid so’zlardan fe’l yasaydi. -sira qo’shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi.

  2. Ayrim fe’l yasovchi qo’shimchalar imlosi. Fe’l yasovchi aa qo’shimchasi o ’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, bu so’zlarning ikkinch bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. Fe’l yasovchi -ay qo’shimchasi past, sust so’zlariga qo’shilganda, bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. -illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, - ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla


40. Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari. Sodda fe’llar. Fe’llar tuzilishiga ko’ra to’rt

xil bo’ladi: a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; d) juft fe’llar; e) takroriy fe’llar. Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq. Sodda yasama fe’llar so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi: shod-shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap- gapirmoq, guv-guvvalamoq, teztezlamoq.



  1. Qo’shma fe’llar. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar qo’shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid so’zlarga qil, et, bo’l singari so’zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’lmoq, yaxshi chiqmoq, kim bo’lmoq, dod solmoq, chirs etmoq kabi. Qo’shma fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nosini saqlagan bo’ladi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o’z ma’nosida qo’llanilganda, ko’makchi fe’lli so’z shakli hosil bo’ladi. Masalan: o’qib chiqdi(o’qidi, lekin chiqmadi, balki o’qishni tamomladi, tugatdi). Qo’shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.

  2. Juft fe’llar. Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi va gapda bitta gap bo’lagi vazifasida keluvchi fe’llar juft fe’llar sanaladi. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi. Juft fe’llar qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Oldiberdi, bordi-keldi kabi juft so’zlar ot turkumiga o’tgan so’zlar hisoblanadi. Asosni takrorlash bilan hosil bo’lgan juft fe’llar takroriy fe’llar ham deyiladi. Takroriy fe’l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: ishlay-ishlay, kuta-kuta, o’yladi-o’yladi kabi.

  3. Fe’lning ma’noviy guruhlari. Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat fe’llari, holat fe’li kabi ma’no guruhlariga ajraladi.

  4. Fe’llarning munosabat shakllari. Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning munosabat shakllari hisoblanadi. Fe’llarning zamon, mayl, shaxs-son qo’shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no shakllardan xoli bo’lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo’shimchasi yordamida ifodalanadi.




Download 71.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling