Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Download 71.41 Kb.
bet5/50
Sana02.01.2022
Hajmi71.41 Kb.
#189632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
6-sinf kerakli

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


  1. Hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlari. Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -(a)yotgan qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan, - adigan (a)r qo’shimchalarini qo’shish bilan yasaladi.

  2. Sifatdoshning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari. Sifatdoshning bo’lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvchi qo’shimchalardan oldin -ma qo’shimchasini keltirish orqali yasaladi. Masalan: aytgan - aytmagan, oqayotgan - oqmayotgan, o’qiydigan - o’qimaydigan. -(a)r qo’shimchasi yordamida yasalgan shakllarning bo’lishsiz shakli -mas qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi.

  3. Ravishdosh. Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o’xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog’lanib, uning belgisini bildiradi. Solishtiring:piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh)

keldi.

  1. Ravishdoshlarning ma’no turlari. Ravishdoshning -(i)b, -a//-y shakllari ko’proq harakatning holatini (yig’lab, ishlay-ishlay), ba’zan payt (ro’y berib), sababini (bag’ishlab), -gancha (- kancha, -qancha) shakli holatini (tikilgancha), -gach, (-kach, qach), -guncha (-kuncha, - quncha) shakllari paytini (ko’rgach, kelguncha), -gani (-kani, -qani, -gali) shakli maqsadni

(maslahatlashgani) anglatadi.

  1. Ravishdosh yasovchi qo’shimchalar talaffuzi va imlosi. Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, -guncha, -gancha, -gan qo’shimchalari qo’shiladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu qo’shimchalar qo’shilganda, - kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani

tarzida yoziladi: topkani
emas topgani.

Bu qo’shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -kach, -kuncha, - kancha, kani holida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -qach, -quncha, - qancha, -qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.



  1. Ko’makchi fe’llar. Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo’shilib, o’z mustaqil ma’nolarini yo’qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko’makchi fe’llar hisoblanadi. Ko’makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko’makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo’llaniladi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo’llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o’qishni tugatmoq), turmoq (o’rnidan turmoq), tashlamoq (qog’oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.

  2. Ko’makchi fe’lning ma’nolari. Ravishdoshning -a//-y shakliga qo’shiluvchi boshlamoq ko’makchi fe’li harakatning boshlanishi, olmoq ko’makchi fe’li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Yutmoq, yurmoq, turmoq ko’makchi fe’llari ravishdoshning -(i)b shakliga qo’shilib, harakatning davomiyligini bildiradi. Yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq ko’makchi fe’llari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi. Chiqmoq ko’makchi fe’li harakatning to’la yakunlanganligini bildiradi. Nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin, Zamon, shaxs-son qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’llarga qo’shiladi.




Download 71.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling