Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Download 71.41 Kb.
bet13/50
Sana02.01.2022
Hajmi71.41 Kb.
#189632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
6-sinf kerakli

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


  1. Kasr sonlar. Ularning yasalishi va imlosi. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi. Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi: o’ndan bir, uchdan ikki. lA % ifodalari ikkidan bir, to’rtdan bir tarzida, shuningdek, yarim, chorak, nimchorak tarzida o’qiladi.

  2. Hisob so’zlar. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanilib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar hisob so’zlar sanaladi.

  3. Tartib sonlar. Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlar deyiladi. U (i)nchi qo’shimchasi yordamida yasaladi. Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda, - (i)nchi qo’shimchasi o’rnida arab raqamidan so’ng chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda, chiziqcha qo’yilmaydi.

  4. Ravish. Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdor kabi belgilarni bildiruvchi va

“qanday?”, “qachon?”, “qayer (-ga, -da, -dan)?”, “qancha?” singari so’roqlarga javob

bo’luvchi so’zlar ravish deyiladi.



  1. Ravishlarning yasalishi. Tub va yasama ravishlari. Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo’linadi.

Yasama ravishlar qo’shimchalar qo’shish, asos qismi juft va takror qo’llash yoki ikki asosni

biriktirish yo’li bilan hosil qilinadi. Tuzilishiga ko’ra ravishlarning sodda, qo’shma, juft va



takroriy turlari farqlanadi.

  1. Ravish yasovchi qo’shimchalar. -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo’shimchalari ot, sifatga qo’shilib ravish yasaydi: eskicha, o’zicha, yillab, qahramonona, vijdonan, erkakchasiga.

Tubdan, to’satdan, qo’qqisdan, kechalari, avvalari, kechasi, jo’rttaga.
Bu kabi ravishlarda -dan, -ga, da kelishik, -i(-si) egalik qo’shimchalari asos qismi bilan mustahkam birikib, hozirda ajralmas holga kelgan. 108. Ravishlarning ma’no turlari. Ravishlar ma’nosiga ko’ra holat, payt, o’rin, miqdor-daraja, maqsadsabab ravishlariga bo’linadi. Ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo’rttaga, qasddan kabi ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanib, ularning miqdori u qadar ko’p emas.

  1. Holat ravishlari. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va “qanday?”, “qay holda?”, “qay tarzda?” so’roqlariga javob bo’luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlariga jim, yayov, chindan, qo’qqisdan, to’satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo’rg’a, mardlarcha singari so’zlar kiradi.

  2. Payt ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, “qachon?” so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt ravishlariga endi, hozircha, so’ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi.

  3. O’rin ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarmaslik o’rnini bildirgan va “qayer (- ga, da, dan)?” so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar o’rin ravishlari hisoblanadi. O’rin ravishlariga olg’a, ichkarida, tashqarida singari so’zlar kiradi.

  4. Miqdor-daraja ravishlari. Harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darjasini bildiradigan va




Download 71.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling