Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


Download 71.41 Kb.
bet12/50
Sana02.01.2022
Hajmi71.41 Kb.
#189632
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
6-sinf kerakli

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov


  1. Sifatlarning ma’no guruhlari. Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) xususiyat; 2) rang-tus; 3) ma’za-tam; 4) hajm-o’lchov; 5) hid bildiruvchi; 6) makonzamon belgisini bildiruvchi sifatlar.

  2. Xususiyat, hajm-o’lchov, makon-zamon sifatlari. Narsanning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi, vazni, o’lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o’lchov sifatlari, o’rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi.

  3. Rang-tus, ma’za-tam va hid bildiruvchi sifatlar. Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rangtus sifatlari, maza-ta’m bildirgan sifatlar maza-ta’m sifatlari, hidini bildirgnan sifatlar hid sifatlari deyiladi.

  4. Sifatlarning otlashuvi. Sifatga bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan sinatktik vazifalarda keladi.

  5. Son. Narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirib, “qancha?”, “necha?”, “nechanchi?” so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar son deyiladi.

  6. Sonlarning ma’no turlari. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko’ra sonlar ikki guruhga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.

Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlarga bo’linadi.

  1. Sanoq son. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda, ko’pincha, arab raqami bilan yoziladi.

  2. Dona son, uning yasalishi. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi.

Ular -ta qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi. Donalash ma’nosi -ta qo’shimchasidan tashqari dona so’zi bilan ham ifodalanadi. Narsalarning turini ta’kidlash uchun bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup (o’simliklar), litr (suyuqlik), gramm (og’irlik) kabi so’zlar ham ishlatiladi.

  1. Chama son, uning yasalishi. Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko’rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ularga -tacha, -lab, -larcha kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi. Shuningdek, chama ma’nosi sonlarni juftlash yo’li bilan ham ifodalanadi: ikki- uch, besh-olti, o’no’n besh.

  2. Jamlovchi son, uning yasalishi. Narsalarning miqdorini jamlab ko’rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular -ova, -ala, -ovlon kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi. -ova, -ala qo’shimchalari faqat ikkidan o’ngacha bo’lgan sonlarga qo’shilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Bu qo’shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlarga qo’shilganda, asos qismidagi i unli tushib qoladi.


  1. Narsalarning miqdorini taqsimlab ko’rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular -tadan qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi.




Download 71.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling