Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Download 71.41 Kb.
|
6-sinf kerakli
Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Fe’llarning zamon shakllari. Fe’l asosida ifodalangan harakat holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi. Fe’l ucta zamon shakllariga ega: o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. O’tgan zamon shakllari. O’tgan zamon shaklalri harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo’lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -di, -(i)b, -gan (-kan,- qan) qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. O’tgan zamon shakllarining yasalishi. -di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -m, -k (qoldim, qoldik), O’tgan zamon shakllarida to’liqsiz fe’lning ishlatilishi. Edi, emish, ekan fe’llari to’liqsiz fe’llar sanaladi. Bu fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi, shaxs-son qo’shimchalari to’liqsiz fe’lga qo’shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan (eding, emishsan). Edi, emish, ekan to’liqsiz fe’llari -di, -mish, -kan shaklida ham qo’llaniladi. Masalan: borgandi, borganmish, kelarkan. Hozirgi zamon shakllari. Hozirgi zamon shakllari fe’l asoslariga -yap(ti), -moqda, - (a)yotir, - (a)yotib qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. Hozirgi zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi. Shaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan so’ng qo’shiladi. Hozirgi zamon shakllarining talaffuzi va imlosi. -yotir, -yotib shakllari unli bilan tuggan fe’l asoslariga, -ayotir, -ayotib shakllari esa undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi. -yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi. Kelasi zamon shakllari. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -a, -y, -(a)r qo’shimchalarini va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. Bu shakllar ba’zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o’qiydi. Mayl shakllari. Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllari sanaladi. Fe’llarning uchta mayl shakli mavjud: 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli. Download 71.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling