Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
Download 71.41 Kb.
|
6-sinf kerakli
Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
qo’shimchasi gul asosiga qo’shilib, uning ma’nosidan boshqa yangi ma’no yasalmaydi, gulning birdan ortiq ekanligini bildiradi. So’z yasovchi qo’shimchalar. Asosga qo’shilib, yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar so’z yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Masalan: do’ppi+do’z, ser+qatnov, foyda+li, taqsim+la Tub va yasama so’zlar. Tarkibi asos va qo’shimchalarga bo’linmaydigan so’zlarga tub so’zlar deyiladi. Masalan: tosh, temirga, quyoshimiz. Shakl yasovchi qo’shimchalar va ularning tasnifi. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaruvchi so’shimchalarga shakl yasovchi deyiladi. Shakl yasovchi qo’shimchalar vazifasiga ko’ra ikki turli bo’ladi: a) lug’aviy shaklyasovchilar; b) sintaktikshaklyasovchilar. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Ularga ko’plik, kichraytish-erkalash, qarashlilik, o’rin-joyga xoslik; sonning ma’noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe’lning bo’lishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini yasovchi qo’shimchalar kiradi. O’zi qo’shilayotgan so’zni boshqasiga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimchalar sintaktik shak yasovchi qo’shimchalar yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl va boshqa qo’shimchalar kiradi. So’z tarkibida tartib. So’zning ma’noli qismlar ma’lum tartibga ega. Ularning joylashuvi quyidagicha bo’ladi: asos + so’z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi. Ularni shartli belgilar orqali shunday ko’rsatish mumkin: asos + so'z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + So’z turkumlari. To’plam va tasnif. O’rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig’indisi to’plam deyiladi. To’plamni o’xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif hisoblanadi. 15. So’z turkumlari. So’zlarning so’rog’i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko’ra guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari hisoblanadi. So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Mustaqil so’zlar (fe’l, ot, sifat, son, olmosh, ravish). 2. Yordamchi so’zlar (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama). Alohida olingan so’zlar (undov, taqlid, modal so’zlar). Ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib, biror gap bo’lagi vazifasida keladigan so’zlar mustaqil so’zlar sanaladi: fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so’zlardir. Fe’l. nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so’z turkumi fe’l deyiladi. Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum Download 71.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling