Nazorat uchun savollar:
1. Marketing strategiyasi zamonaviy kompaniyalar uchun qanday rolni bajaradi?
2.Qadr- qimmat tuzish ketma -ketligining asosiy bosqichlari tơğrisida aytib bering.
3.Marketing reja deganda nimani tushunasiz?
4.Korxona uchun moliyaviy prognozlarni ahamiyati qanday?
5.Marketing tadqiqotlari nima va siz uni qanday tushunasiz?
6. Marketing tadqiqotlari ơtkazish bosqichlarini sanab bering?
7. Marketing tadqiqotlarini ơtkazishning qanday uslublari mavjud?
8. Marketing tadqiqotlari qaysi yơnalishlar bơyicha ơtkaziladi?
4. MODA MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQISH.
Reja:
1.Merchandayzing tushunchasi.
2.Moda industriyasida merchandayzing maqsadi va vazifalari.
3.Merchandayzing bơlimi.
4.Hidlarni ta'sir kuchi.
5.Merchandayzingda musiqaning ơrni.
6.Yoruğlik, chiroqlar- merchandayzing vositasi.
1.Merchandayzing tushunchasi.
Merchandayzing ( inglizcha merchandise - mahsulotlar, savdo qilmoq) - bu chakana savdo joylarida xaridorga ta'sir ko’rsatishning kompleks sistemasidir.
Merchandayzing turli reklama tashuvchilar (POS materiallar), psixologiya (kognitiv psixologiya ), kompozitsiya asoslari, atrof-muhit dizayni, rang psixosemantikasi, vizual belgilar va obrazlar haqidagi fan sifatida koloristika va semiologiya (semiotika)dan foydalanishga asoslanadi.
Merchandayzingning ta'riflari juda kơp. Ulardan faqat ikkitasini keltiramiz:
1) Merchandayzing - bu savdo nuqtasida savdo xodimlarining yordamisiz xaridorga maksimal ta'sir kơrsatishdir»;
2) Merchandayzing - bu savdo joyidan samarali foydalangan holda savdo nuqtasi va uning egasi uchun maksimal daromadga ega bơlish imkoniyatini yaratishga yonaltirilgan tadbirlar majmuasi».
Shu ơringa "savdo xodimlarini"ni ham qơshish zarur, chunki kơplab merchandayzerlar moda mahsulotlari sotiladigan magazinlarni «tirik organizmlar» deb hisoblashadi, ammo tirik organizmning hayotiy faoliyatiga ta'rif berish juda murakkab vazifa.
Fashion - industriyadagi barcha merchandayzing tadbirlarida quyidagilardan foydalaniladi:
-brendning jonsiz tarkibiy qismlaridan (magazinning ekste eri va intereridan, vitrinalaridan, savdo zalidan, savdo jihozlaridan, manekenlardan, POS-materiallardan, kassadan, musiqiy fondan va b.);
- brendning jonli tarkibiy qismlaridan (savdo personali va magazin mijozlaridan).
Shu tariqa, merchandayzingni –brend mahsulotlarini sotish joylarida xaridorga ta'sir kơrsatishning kompleks sistemasi deb aytish mumkin. Demak, merchandayzing brendni chakana savdo orqali tarğib qilish vositalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |