«fashion- menejment va marketing»
Download 0.58 Mb.
|
фмм умк 2023 КД —3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. MARKETING TADQIQOTLARI USULLARI VA BOSQICHLARI. Reja: Marketing malumotlarni yiğish.
- 1.Marketing tadqiqotlari ơtkazishning maqsadi va yơnalishlari
Nazorat uchun savollar:
1.Korxona uchun moliyaviy prognozlarni ahamiyati qanday? 2.Marketing tadqiqotlari nima va siz uni qanday tushunasiz? 3. Marketing tadqiqotlari ơtkazish bosqichlarini sanab bering? 4. Marketing tadqiqotlarini ơtkazishning qanday uslublari mavjud? 5. Marketing tadqiqotlari qaysi yơnalishlar bơyicha ơtkaziladi? 3.2. MARKETING TADQIQOTLARI USULLARI VA BOSQICHLARI. Reja: Marketing ma'lumotlarni yiğish. 2.Marketing tadqiqotlari ơtkazishning maqsadi va yơnalishlari. 3.Marketing tadqiqotlari ơtkazish usullari va bosqichlari. 1.Marketing tadqiqotlari ơtkazishning maqsadi va yơnalishlari Marketing tadqiqotlari deganda marketing faoliyatining turli jihatlari bơyicha ma'lumotlarni sistemali yeğish, tartibga solish va tahlil qilish tushuniladi. Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlari orqali bozor, iste'molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa elementlari bilan boğlovchi funktsiyasi hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgan bugungi kunda har bir korxona uchun marketing tadqiqotlari ơtkazishning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, marketing tadqiqotlariga asoslanib, korxonalar mahsulotlariga bơlgan talabni va bu mahsulotning raqobatbardoshligi qanday ekanligi haqida ma'lumotlar oladilar. Umuman olganda, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati haqidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam berib, korxonaning samarali faoliyatini ta'minlaydi. Marketing tadqiqotlarining yơnalishi kengayib bormoqda. Lekin, quyidagi yơnalishlaridagi tadqiqotlar korxona uchun eng muhim hisoblanadi: 1.Bozor siğimi va uning potentsiali. 2.Aholi daromadlari. 3.Iste'molchilarning hulq- atvori. 4.Bozor ulushlarining firmalar ơrtasida taqsimlanishi. 5.Reklama va uning samaradorligi. 6.Narx siyosati va narx egiluvchanligi. 7.Axborot oqimlari. 8.Tovar harakati kanallari. 9.Yangi mahsulotlarga iste'molchilarning munosabati. 10.Xalqaro biznes va eksport. 11.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendentsiyalari. 12. Sotishni rağbatlantirish. 13. Mahsulot va firmalarning raqobatbardoshligi. 14. Firma xodimlarining faoliyati. 15. Marketing infrastrukturasi. Yoqorida keltirilganlardan kơrinib turibdiki, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati bilan boğliq hamma yơnalishlarda olib boriladi va pirovardida korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga imkon beradi. Korxonalar marketing tadqiqotlarini olib borishlari va marketing tadqiqotlari ơtkazishi uchun ixtisoslashgan kompaniyalarga buyurtmalar berishlari ham mumkin. Odatda, yirik va yetarli moliyaviy resurslarga ega bơlgan korxonalar marketing tadqiqotlarini mustaqil ơtkazadilar. Bunday korxonalarga Respublikamizda faoliyat kơsatayotgan “UzDEWW”, “UzBAT”, “CoCa-Sola” kabi qơshma korxonalarni kơrsatish mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling