«fashion- menejment va marketing»
Download 0.58 Mb.
|
фмм умк 2023 КД —3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing strategiyasi
- 4.Marketing malumotlarini yiğish.
Marketing reja tarkibi: Marketing reja asosiy maqsadlar va maslaxatlarning qisqacha tavsifi bilan boshlanishi lozim. Xulosa tashkilot rahbariyatiga rejaning asosiy ma'nosini baholashga imkon beradi. Qisqa tavsifdan sơng rejaning asosiy bandlarini sanab ơtuvchi mundarija va izoh, kelishi lozim.
Bozordagi holat analizi. Bu bơlimda savdo, chiqim, bozor, raqiblar, makromuhit omillariga tegishli xaqiqiy ma'lumotlar keltirilgan bơlishi lozim. Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasi taklif qilinayotgan brending va xaridorlar bilan ishlash strategiyasining aniq izohidan iborat bơlishi lozim. Moliyaviy prognoz. Moliyaviy prognozlar savdo xajmi(savdo tushumlari), chiqimlar va zararsizlik taxlili prognozlarini ơz ichiga olishi lozim. Kirim bandida oldindan kutilayotgan savdo xajmi oylar va mahsulot turlariga kơra berilgan. Chiqim bandida kutilayotgan marketing chiqimlari turlarga bơlingan holda berilgan. Zararsizlik taxlili doimiy oylik chiqimlarni va mahsulot donasiga nisbatan ơrtacha ơzgaruvchan chiqimlarni qoplash uchun bir oyda qancha miqdorda mahsulot sotish zarurligini kơrsatadi. Kiritishni boshqarish. Bu bơlimda rejaning bajarilishini tekshirish bo’yicha tadbirlar berilgan. Kompaniya rahbariyati reja bajarilishi yuzasidan oylik va choraklik natijalarni sarxisob qiladi va kerak bơlsa ularni to’ğrilash choralarini kơradi. Bir xil tashkilotlar tekshirishga bağishlangan bơlimga kutilmagan xodisalar uchun harakatlar rejasini kiritishadi (narh tushirish yoki namoyishlar). 4.Marketing ma'lumotlarini yiğish. Bozorni ơrganish va kerakli ma'lumotlarni olish kompaniyaga ơz imkoniyatlarini yaxshiroq baholashga va maqsad qilib qo’yilgan segmentlarni aniqroq topishga, qiziqarliroq takliflarni ơylab topishga, hamda marketing rejalashni amalga oshirishga yordam beradi. Har bir firma marketologlarni ularga zarur bơlgan ma'lumot bilan ta'minlashlari lozim. Shuning uchun kompaniyaning maxsus xodimlari turli mansabdagi rahbarlarga bozor holati haqidagi qaysi ma'lumot zarurligin i aniqlaydi va marketing ma'lumotlar tizimini rejalashtiradi. Marketing ma'lumotlar tizimi (MMT) marketing qarorlarini qabul qilishda ishlatiladigan dolzarb va aniq ma'lumotni yiğish, ajratish, tahlil qilish, baholash va taqsimlash uchun odamlar, asboblar va jarayonlar majmuasi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling