Nazorat savollari:
1.Moda industriyasi deganda nimani tushunasiz?
2.Moda industriyasi taraqqiyotining asosiy bosqichlarini aytib bering.
3.Zamonaviy moda industriyasining dunyo iqtisodiyotida tutgan ơrni qanday?
4."Haute couture “ va “Pret-a-porter” kollektsiya tơplamlarining farqini tushuntirib bering.
3.MARKETING STRATEGIYASINI VA MARKETING TADQIQOTLARI.
Reja:
1. Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
2.Qadr- qimmatni yaratish ketma- ketligini tuzish.
3. Marketing rejani ishlab chiqish.
4.Marketing ma'lumotlarni yiğish.
1.Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
Marketing menejment jarayonining asosiy elementlaridan biri -uzoqni ko’ra oladigan, kreativ marketing strategiyalari va rejalari; ular asosida marketing tadbirlari tashkil qilinadi. To’ğri va uzoqga etadigan marketing strategiyani tuzish intizom va qulaylikni talab qiladi.
Firmalar o’z strategiyalariga amal qilishlari va ularni yaxshilashning yangi yollarini topishlari lozim. Bundan tashqari, marketing strategiya larini tuzish uchun marketing umuman qanday tuzilganini bilish muhimdir.
Marketing haridorlarning talab va istaklarini qondirishni nazarda tutadi. Har qanday savdo tashkil etishning maqsadi - haridorlarga biron bir bebaho narsani taqdim etib, bundan foyda olishdir. Raqobat kuchli bơlgan iktisodiyotda xaridorlar yanada sinchkov va katta tanlov bilan rơbaru kelganda, kompaniya faqat xaridorlarga yuqori qadr- qimmatni tanlab, ta'minlab va uni yunaltirish evaziga hamda uni taklif qilish jarayonida aniq, optimizatsiya evaziga xaqiqiy muvaffakiyatga erishishi mumkin.
2.Qadr- qimmatni tuzish ketma- ketligini yaratish.
Qadr- kimmatni tuzish ketma- ketligi va uni taqdim etish uch bosqichni o’z ichiga oladi.
Birinchi bosqich - qadr -kimmatni tanlash marketingning xar qanday maxsulotni o’ylab topishga olib keladigan "uy vazifasi" sanaladi. Marketologlar bozorni segmentlashlari, eng tơğri segmentni tanlashlari va taklif qilinayotgan qadr- qimmatni unda joylashtirishlari kerak."Segmentlash, bozorlarni tanlash, joylashtirish" formulasi strategik marketing maqsadini ko’rsatadi.
Bizness sub'ekt o’z e'tiborini bir aniq qadr- qimmatda tơxtatganidan sơng, ikkinchi bosqich boshlanadi qadr- qimmatni bozorga chiqarish. Maxsulotning aniq xususiyatlari detallarigacha ishlab chiqiladi, narxi belgilanadi, taqsimlash tizimi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |