«fashion- menejment va marketing»


XARIDORLARNING XATTI-HARAKATLARI VA SOTISH USULLARI


Download 0.58 Mb.
bet26/68
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1645379
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
фмм умк 2023 КД —3

6. XARIDORLARNING XATTI-HARAKATLARI VA SOTISH USULLARI.
Reja:

  1. Merchandayzingda rang marketingi. Ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri.

  2. Ranglarning insonga ta'sir etishiga qarab ajratilishi.

  3. Ranglar xarakteristikasi.



1. Merchandayzingda rang marketingi. Ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri.
Rang psixologiyasi tơğrisida gapirilganda quyidagi aforizmni esga olamiz: Ranglar insonni aks ettiradi, inson esa ranglarni. Boshqacha qilib aytganda, insonlarni har biri qaysidir rang bilan boğliqdir. Shu birikmalarni ơrganish va sistemalarga solish bilan rang psixosemantikasi shuğullanadi.
Merchandayzerlar ham rang psixosemantikasiga oid bilimlarga yetarli ega bơlishlari lozim.Chunki bu bilimlar ularga quyidagilarda zarur bơladi:
1) vitrinalarni kompozitsiyasini tuzishda;
2)magazin intereri dizaynini tuzish uchun;
3)savdo zallarida kollektsiyalarni rang birikmalari yordamida joylashtirish uchun;
4)reklama materiallarini tayyorlash uchun ;
5)magazin dizaynini tuzish uchun;
6) xaridorlarga ranglar orqali psixologik ta'sir etish uchun;
Insonlar qaysi rangni kơproq yoqtirishlariga qarab bir necha psixoturlarga ajratiladi. Insonlarga yoqtiradigan ranglariga qarab quyidagi xarakteristikani berishimiz mumkin.
Ranglarni odam psixologiyasiga ta'siri. Ranglar ơzini tutishiga juda katta ta'sir etadi. Ranglar bizning kayfiyatimizni kơtarishi yoki uning aksi tushirishi ham mumkin. Rangning bunday xususiyatlaridan foydalanib biz xar hil hayotiy hodisalarni ơzimizning foydamizga ơzgartirishimiz mumkin. 1750yilda 1200rang birikmalari mavjud bơlgan hozirgi vaqtga kelib ular soni 10mln. yetdi.
Rang-bu yoruğlik degan fizik, matematik olim Isaak Nyuton. Rang bu fizik fenomen bơlib, u yoiruğlik tơlqinlarini buyumdan qaytishini bildiradi. Rang tabiiy fizik jarayon bơlsa ham, uning bizning emotsional hayotimizga ta'siri juda katta. Ranglar atrofimizdagi va ichki olamimizni tơldiradi va boyitadi. Hech kim ranglarga befarq munosabatda bơlaolmaydi. Rangni kơrgandayoq bizda har hil his-tuyğular paydo bơladi: yoqtirish yoki yomon kơrish; rangni qabul qilish yoki qabul qilmaslik, havotirga tushish yoki tinchlanish. Inson tuyğulariga ta'sir etib inson kayfiyatini kơtarishi yoki tushirishi ham mumkin, insonning hati-harakatiga va xulqiga ham ta'sir etishi mumkin. Rangning bu xususiyatlari genetik xotirasiga asoslangan. Rangning qabul qilish birdaniga paydo bơlmagan, balki qadimgi zamondan ajdodlarimizning hayotiy tajribalaridan shakllangan. Ranglar odamlar tasavvurida tabiat bilan boğlangan: kơk rang - kunduzgi va tundagi osmon rangi, suv rangi; qizil rang- olov rangi, qon va havf-hatar rangi, ishonch rangi; yashil rang- atrofimizdagi tabiat rangi, hayot rangi, yaxshilik va ossudalik rangi; qora rang- tun va sir-sinoat rangi. Ranglarning qadimgi odamlar hayotida katta rolini bayroqlar va gerblarni har- hil ranglar bilan bezatilganini kuzatish mumkin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling