«fashion- menejment va marketing»
Marketing fanining hozirgizamon ta'riflari
Download 0.58 Mb.
|
фмм умк 2023 КД —3
2.Marketing fanining hozirgizamon ta'riflari
Marketing - bu qat'iy fanning va bozorda samarali faoliyat kơrsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bơlgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning kơpgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing (market) sơzi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi faoliyat” ma'nosini anglatadi. Marketing - murakkab, dinamik, kơp qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Sơnggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda kơp ta'riflari berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirish lozim . Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: “Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”. Boshqaruv muammolari bơyicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Piter Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: “Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yơq qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday ơrganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida ơzini -ơzi sotadi”. Frantsuz marketing maktabida qơllaniladigan ta'rif ham Piter Drukker ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga kơra: «Marketing -bu sotishni ta’minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida ơtkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir». Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi esa quyidagicha: «Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir». Keltirilgan ta’riflardan kơrinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bơlamiz. Demak, marketing bir vaqtning ơzida «ham mushohada va ham harakat jarayoni» ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga kơtarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bơlgan jarayonlarda yaqqol kơrinmoqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat kơrsatishining birdan-bir yơli marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tuğdirmaydi. Respublikamizda ham sơngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga talab va taklifni ơrganish bơyicha marketing tadqiqodlarini ơtkazish mexanizmini ishlab chiqish borasida talaygina ishlar amalga oshrildi. Bu esa bizning davlatimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga muvofiq xơjalik yuritish tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan dalolatdir. Bu yerda marketingning quyidagi asosiy tamoyillariga amal qilish talab etiladi: 1. Iste'molchilar ehtiyoji bơyicha qarorlar qabul qilganda talabning holati dinamikasi va bozor konyukturasini diqqat bilan ơrganish. Bu tamoyilga amal qilish mavjud talab va kutilayotgan talab darajasi bơyicha bozor holatini, raqobatchilarning bozordagi faoliyatini, mijozlarning bozordagi hulq-atvori va ularning mazkur korxona tovariga munosabatlarini yaxshi bilishni kơzda tutadi. Bu erda marketingning bosh vazifasi mijozlarning nimani hohlashlarini tushunib etishdan iboratdir. 2. Ishlab chiqarishning talab strukturasi va bozor talabiga maksimal darajada mosligini ta'minlashga sharoit yaratish. Marketingning hozirgizamon konseptsiyasi korxonaning butun faoliyati (ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, sotish va hokazo) iste'molchilar talabi va uning kelgusidagi ơzgarishi bilan boğliq bilimlarni ơz ichiga oladi. Marketing iste'molchilar talabi mavjud bơlgan tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari demakdir. Marketing xizmati korxonaning ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy, moliyaviy siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda talabning holati va ơsish darajasini tahlil qilish asosida u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish zaruriyati bor yoki yơqligi haqida xulosa qilinadi. 3. Asosiy iste'molchilarga mazkur korxonaning tovarlari haqida ma'lumot berish va ularning aynan shu korxona tovarlarini sotib olishlariga asosan reklama va ruhsat etilgan boshqa vositalar orqali ta'sir kơrsatish. Yangi tovarni yaratdim va ishlab chiqardim, bu yaratgan va ishlab chiqargan tovarlarim bozorga ơzi yơl topadi deb ơylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. Albatta, kơpgina korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham ơz ơrnini topmoqda. “Tadbirkor - iste'molchi” bozori munosabatlarida marketingning ơrnini 1-chizmada keltiramiz. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling