«fashion- menejment va marketing»


Download 0.58 Mb.
bet5/68
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1645379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
фмм умк 2023 КД —3

Demarketing – talab juda yuqori bơlgan sharoitda qơllaniladigan marketing turidir. Uning vazifasi talabni vaqtinchalik cheklashga qaratiladi. Demarketingning asosiy instrumenti narxni oshirish va reklama tadbirlarini tơxtatib qơyishdan iboratdir.
Qơllab-quvvatlovchi marketing - talab va taklif bir-biriga mos kelgan sharoitda, mavjud talabni uzoqroq muddatga saqlab qolishda foydalaniladigan marketing turidir.
Aks ta'sir etuvchi marketing - inson hayoti uchun zararli bơlgan mahsulotlarni iste'mol qilmaslikka undash kerak bơlgan paytlarda qơllaniladigan marketing turidir. Masalan, insonlarni narkotik moddalarni va spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan voz kechishga chaqirish maqsadida narxning keskin oshirilishi, ularning zarari haqida doimiy axborotlar berib turishda mazkur marketing turidan foydalaniladi.
4.Menejment tushunchasi.
Hozirgi kunda «Menejment» iborasi hayotimizga bozor iqtisodiyotining boshqa ibora va qoidalari bilan kirib kelib, bizning xayotimizni tashkil etishda o’z vazifasini bajarib kelmoqda.
Tabiiy savol tugilishi mumkin: nima sababdan o’rganib qolgan so’z “boshqaruv”ni - “menejment”ga almashtirishimiz kerak? Yoki bu hol modaga berilishimiz holatimi? Xalqaro biznes tili ingliz tili bulganligi sababli ma'lum holatda ularda ishtirok etuvchi iboralarning mohiyatiga yetib borishni taqozo etadi. Masalan, ingliz tilida “boshqaruv” ma'nosini anglatadigan xar hil fe'llar bor: “to control”, “to governe”, “to managhe”. Uzbek tilidan bo’lak har bir fe'l o’zining qo’llanilish sohasiga ega. Mavjud resurslardan oqilona foydalanish, moddiy ishlab chiqarish, hizmat ko’rsatish jarayonida insonlar bilan texnika, xom-ashyo va boshqa omillarni birlashtirish, xodimlarni boshqarish jarayonlariga “to managhe” fe'li to’gri kelganlik sababli “management” iborasi bizning boshqaruv faoliyatini aks ettirishda foydalanishni mantiqan tơğri bơlar edi.
Sodda qilib aytganda menejment - bu mehnatdan foydalangan holda, insonlar ishtiyoqini hisobga olib, oldinga qơyilgan maqsadlarga erishish tushuniladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling