«fashion- menejment va marketing»
Download 0.58 Mb.
|
фмм умк 2023 КД —3
4.Hidlarni ta'sir kuchi.
Odamzod hayvonot dunyosiga juda yaqin hisoblanadi. Hayvonlarni hid bilishi 3 kategoriyaga bơlinadi : 1)makrosmatiklar, 2)mikrosmatiklar,3)hidlarni umuman bilmaydigan hayvonlar (kitlar). Birinchi kategoriyaga-makrosmatiklarga sher, bơri, itlar va boshqa yirtqich hayvonlar kiradi.Masalan sherda 120mln.hid bilish hujayralari mavjud. Ikkinchi kategoriyaga-mikrosmatiklarga maymunlar va odamlar kiradi.Odamlarda faqatgina 6 mln. hid bilish hujayralari bor.Maymunlarning asosiy sezgi organi kơrish hisoblanadi, ular yashil rangli barglar orasidan mevalarni ajratib olish qobiliyatiga ega, mevalarni hidi ular uchun unchalik axamiyatga ega emas .Zamonaviy inson uchun hid bilish juda muhimdir . Eshitishni, kơrishni yơqotgan odam nogiron hisoblanadi .Hid bilishni yơqotgan odam ơzini nogiron deb hisoblamaydi.Lekin hid bilish hayotni sifatini belgilaydi. Ayollarga 15 sekund yetarli bơlarkan biron bir hidni sezish uchun, erkaklarda esa kơproq eshitish va boshqa sezgi organlari rivojlangan. Hidlar umuman olganda yoqimli va yoqimsiz bơlishi mumkin. Shu asosiy ajratish insonlarga parfyumeriya mahsulotlarini tanlashda, odamlar orasida muloqot ơrnatishga yordam beradi. Agar hid yaxshi ijobiy ta'surotlar bilan boğliq bơlsa, yaxshi kayfiyatni keltiradi. Yomon, yoqimsiz narsalar va hodisalar bilan boğliq bơlsa depressiya holatini keltiradi . Masalan: haydovchiga benzin hidi mashinada yaxshi yurishini eslatsa, musiqa konservatoriyasida benzin hidi odamlarga yoqmaydi. Shunday qilib hid bilish hodisalar bilan boğliqdir. Bu ma'lumotlarni merchandayzer yoki merchandayzingda hidlar bơyicha mutaxassis-aromamarketolog bilishi shart. Bundan tashqari hidlar «katta» va « kichik» hidlarga bơlinadi. «Katta» hidlar uzoq masofadan seziladi va ommaviy tuyğular bilan boğliq bơladi.Masalan: bu hidlarga jalla quygandan keyingi azon va nam hidi, dengiz hidi, ekzotik tropic hidlar, shimoliy va janubiy shamol hidi kiradi. «Kichik» hidlarga qisqa masofadan bilinadigan hidlar kiradi. Bu hidlarga yaqin insonlarning hidlari,bolalarining hidlari,intim hidlar kiradi. Har bir odamning intim hidi ,uni ơrab turgan 1metr kvadrat masofasida bơladi. Zamonaviy inson ơzini faqatgina kiyim orqali emas, balki hidlar(atir hidi,tamaki hidi va bosh... )orqali ham kơrsatadi. Zamonaviy merchandayzing usullaridan biri bu savdo joylarida sun'iy hidlarni tarqatish hisoblanadi.Bunday hidlarni magazinlarda tarqatishdan maqsad, xaridorni uzoqrok vaqtga magazinda qoldirish va shuni oqibatida u kơproq tovar sotib olishiga imkoniyat yaratish. Agar xaridorga magazindagi hid yoqimli bơlsa, uning xotirasida “men bu yerda ơzimni yaxshi his qildim”degan fikr qoladi va xaridorni yana shu magazinga qaytib kelishiga sabab bơladi.Magazinda hid tarqatish kerak bơlgan 3 hil hudud mavjud:1)magazinga kirish zonasi,2)kiyinish zonasi,3)kassa apparati yonidagi zona. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling