«fashion- menejment va marketing»


II-MODUL. MODA BOZORI ISTEMOLCHILARINI SEGMENTLASH


Download 0.58 Mb.
bet24/68
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1645379
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
Bog'liq
фмм умк 2023 КД —3

5.II-MODUL. MODA BOZORI ISTEMOLCHILARINI SEGMENTLASH.
Reja:
1.Merchandayzingda psixologiya .
2.Psixografiya .


1.Merchandayzingda psixologiya .
Bizning axborot kompyuter asrida kơp hollarda kompyu ter insonga emas, balki inson kompyuterga hizmat qilmoqda. Inson ơzi yaratgan nomoddiy ne'mat- Internetga borgan sayin chuqur va juda chuqur kirib bormoqda. Moda dunyosida ham shunday: iste'molchilar ơzi yaratgan nomoddiy ne'mat brendga hizmat qilmoqda, iste'molchilar brendlarni reklama qiluvchiga aylanmoqda. Bozor mahalliy yarmarka bơladimi, mamlakat yoki butun dunyo miqyosida bơladimi bozor qonuni barchasiga bir hildir. Qaysi savdogar ơz tovarini chiroyliroq kơrsata olsa u epchilroq, demak omadliroq hisoblanadi. Eng muhimi, savdogarmi yoki kơp mingli jamoaga ega bơlgan xalqaro xoldingmi ơz tovariga qiziqtirishi va tovar atrofida katta shov-shuv yaratishi kerak. Buning uchun bozorda bir oz psixolog bơlish lozim, shuning uchun mutanosib psixologiyani moda industriyasiga ishlashga majbur qilish kerak. Bizga ma'lumki, moda industriyasining rivojlanishiga, undagi tovarlarni xaridorlarga taqdim qilishda- merchandayzingda psixologiyaning ơrni katta. Chunki magazinlarga kelgan xaridorlarga psixologik ta'sir etish yơllari bilan xaridorni tovarga qiziqtirish va uni tovarni sotib olishiga yordam berish kerak. Shuning uchun merchandayzerlarga psixologiyani yaxshi bilishlari ahamiyati juda kattadir. Eng birinchi navbatda merchandayzer va magazin personali, xaridorlarni ơziga xos psixologik turlarga bơlinishini ơrganishi va ularga shunga qarab muomila qilishni bilishi kerak.
Psixografiya_.'>2.Psixografiya .
Kiyim bu uning egasini falsafasini kơrinishi. Albatta har bir inson shaxs sifatida bir hil emas. Shunday bơlsada ba'zi shaxslar bir- biriga qandaydir ơxshash bơlishi, ba'zilar ơxshamasligi mumkin. Ayrim insonlar shaxs hisoblansa, boshqalari taqlid qiluvchi bơlishi mumkin va shunga ơxshash.”Shunga ơxshash”ibora shaxsni psixoturlarga(shaxsiy tavsifnoma) bơlinishini kơzda tutadi.Amerika kompaniyasi Younge Rubicam ni yaqinda ơtkazgan tadqiqoti natijasida iste'molchilarni kơproq tovar sifati va ishonchliligi emas, balki tovar brendini qanday hayotiy qadriyatni tarğibot etayotgani qiziqtiradi. Shunday qilib aytish mumkinki, ijtimoiy demografik va psixografik tovarnomalar ơrtasidagi uzilish katta tezlikda oshib borishi davom etmoqda.
Psixografiya (grekcha sơzdan olingan bơlib psyche -qalb va graphein- ezish degan ma'noni anglatadi) insonni shaxsiy
(individual) tavsifnomasini hisoblash metodidir (shu jumladan brendlarni shakllantirish va oldinga harakatlantirish maqsadida foydalaniladi.)
Psixografiya uchta asosiy tarkibiy (ơzgaruvchan) qismga bơlinadi.
1)Tovar atributikasini qabul qilish.
2)Hayot shaklini aks ettirish (pul ishlatishi; bơsh vaqtidan foydalanishi; mehnat faoliyati turi; ơzini tutish holatlari va boshqalar.)
3)Insonni shaxs sifatida ichki dunyosini aks ettirish (dunyoqarash; ma'naviy va moddiy qadriyatlar tizimi; ơzini tutish me'yorlari; motivlar munosabatlari).
Psixografiya asosi- marketolog va ohir oqibatda, merchandayzing amaliy instrumentari sini barcha majmuasini aniqlab beruvchi iste'molchining xatti xarakati modelini ratish bơlib qolmoqda. Iste'molchi xatti harakati modelini kơzga kơringan klassifikatsiya tizimi SRI INTERNATIONAL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan VALS(Valuesand life style-“qadriyat va hayot shakli “) hisoblanadi. U iste'mol ierarxiyasi va ijtimoiy xarakteri konseptsiya siga asoslangan; Michigan Universiteti savolnoma markaziy tomonidan ishlab chiqilgan LOV(List of values-“qadriyatlar rơyxati”).



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling