Fatulloyeva oydinning “tarbiyaviy ishlar metodikasi”
Download 50.69 Kb.
|
OYDIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLA TARBIYASIDA MAHALLA VA MAKTABNING ROLI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI
- III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIK TAʻLIM FAKULTETI ________ - BOSHLANGʻICH TAʻLIM YOʻNALISHI __________ GURUH TALABASI FATULLOYEVA OYDINNING “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN “BOLA TARBIYASIDA MAHALLA VA MAKTABNING ROLI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: __________ BUXORO-2023 MAVZU: BOLA TARBIYASIDA MAHALLA VA MAKTABNING ROLI. Reja: I. Kirish. I BOB. BOLALAR RIVOJLANISHIDA OILA, MAKTAB, MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA MAHALLANING O‘RNI. I.1. Oila ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini. I.2. Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi. I.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar tarbiyasida sharqona odatlar. II BOB. SHАXSNI TARBIYALASHDA OILA, MAKTAB VA MAHALLANING HAMKORLIGI. II.1. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. II.2. Shaxsni tarbiyalashda oila , mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Respublikada fuqarolik boshqaruviga asoslangan jamiyat qurish yo‘lida o‘quvchilar, shu jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-huquqiy me’yorlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat’iy amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalasi, bosh shioriga aylandi. Zero, “huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi. Download 50.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling