Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

196


Ey ko‘ngul, nazzorai ul qotili bebok qil. 

Har ne ko‘kdin kelsa bo‘l tufrog‘dek hoyil magar,  

Nopisanding bo‘lsa, man’i gardishi aflok qil. 

Ey Navoiy, ishq o‘tining shu’lasi chiqsun desang,

Ko‘nglaking choki ne osig‘, ko‘kragingni chok qil. 

385

La’li jonbaxshiki elga jon berur, jonimdur ul,  

Ulki mundoq lab bila der nukta, jononimdur ul. 

Vasl shomi ul qadu yuz davrida parvonavor,

Chevrulub kuysam ne tong,  sham’i shabistonimdir ul. 

Nuktai mavhum emas ko‘nglumda og‘zing yodidin  

Kim, bu xunin g‘uncha ichra dog‘i pinhonimdur ul. 

Itlaringga tu’madur bag‘rim va lekin qo‘llarin  

Ulki rangin aylamish hinno kebi — qonimdur ul. 

Deb empshsen, tarki ishqim ayla, yo o‘l hajr aro,  

Munda o‘lsam ham o‘lay, lekin ne imkonimdur ul. 

Eyki ko‘rdung hajr zindonida bir qonlig‘ asir,

Notavon ko‘nglum bu, lekin baytul ahzonimdur ul. 

Xusrave ko‘rsangki, ash’orim o‘qub holat qilur,  

Ey Navoiy, anglakim, shohi suxandonimdur ul. 

386

Aytaolmonkim, meni ovora birla yor bo‘l, 

Garchi yo‘q qilding meni ul ko‘ydin, sen bor bo‘l, 

Men agar bar topmadim sensiz hayotim shoxidin,  

Naxli umrungdin sen, ey badmehr, barxurdor bo‘l. 

Chun meni g‘am tig‘idin qatl aylading, ne sud, agar  

Motamimdin g‘am yegil, yo o‘zgaga g‘amxor bo‘l. 

Ey ko‘ngul, ul umr hajri chun bu yanglig‘ sa’b erur,  

Gar qutulsang jon berib, jon birla  minnatdor bo‘l. 

Ul quyoshning ko‘yidin, eykim, tilarsen chiqmasang,

Xoksor anda nechukkim, soyai devor bo‘l. 

To tiriksen, istasang xushvaqtlig‘, ey mayparast,

To to‘lar paymona, mug‘ dayrida xizmatkor bo‘l. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

197


Ey Navoiy, gar tilar ul sho‘x ozoring sening, 

Kim deb erdikim, vafosiz elga mundoq zor bo‘l. 



337

Vahki, bu bedil g‘amingdin o‘ldi, ey dilxoh, kel,  

Ey ko‘ngul, sen dog‘n ul dilxoh ila hamroh kel. 

Mumkin ermas og‘zim ichra kel demakdin o‘zga so‘z,  

Garchi yor ollida tengdur xohi tur de, xoh kel. 

Garchi dardimg‘a davo qilg‘ung yo‘q, ammo hajr aro,  

Asru qattiq holatimdin bo‘lg‘ali ogoh kel. 

Uylakim tom raxnasidin oy tushar vayronag‘a,  

Chok ko‘ksumdin buzug‘ ko‘nglum aro, ey moh, kel. 

Oh o‘tin dedingki past aylay ziloli vasl ila,

Bu nafaskim shu’lasin gardung‘a chekmish, oh, kel. 

Bir qadah bersang, qo‘yarmen butqa yuz, ey piri dayr,

Ikkisin olib, boshimg‘a hasbatahullohu, kel. 

Garchi kelmay-kelmay o‘lturdung Navoiyni valek,  

Ey Masih, aning mazori boshig‘a gah-goh kel. 

388

Xil’atin to aylamish jonon qizil, sarig‘, yashil,

Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sarig‘, yashil. 

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin 

Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sarig‘, yashil. 

Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin,  

Tobdonning aksidek alvon qizil, sarig‘, yashil. 

Orazu xoling bila xatting xayolidin erur

Ko‘zlarimning oldida davron qizil, sarig‘, yashil. 

La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada  

Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sarig‘, yashil. 

Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek  

Xirqada tikmak erur oson qizil, sarig‘, yashil. 

Ey Navoiy, oltinu, shingarfu zantor istama,  

Bo‘ldi nazming rangidiy devon qizil, sarig‘, yashil. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling