www.ziyouz.com kutubxonasi
195
Safardur mujibi hirmoni diydor ahli shavq ichra,
Hamono vasl xurshidig‘adur gardi safar hoyil.
Yuzungni och, agar xud rishtai jondindurur burqa’,
Berib jon istamas diydorg‘a ahli nazar hoyil.
Dema solikka hoyil ne ekin maqsud vaslidin,
Erur aqlu, hisu dunyoyu uqbo sarbasar hoyil.
Desangkim, o‘zlugumdin o‘zga hoyil bormu jonong‘a,
Bo‘lurmu, ey Navoiy, ishq aro mundnn batar hoyil.
383
Ey musavvir, dilbarimg‘a surate monand qil,
Qo‘rmakidin xotirimni gah-gahe xursand qil.
Ul harir uzraki tarh etkungdurur timsolini,
Sig‘masa, zaylig‘a jonim pardasin payvand qil.
Bo‘lmasun bu tu’madin mahrum ul ko‘y itlari,
Ey ajal, taqsim uchun bag‘rimni yuz parkand qil.
Ul pariyvash chiqti usruk sekretib ko‘nglakcha, voy,
Nosiho, devona bo‘ldum, emdi tarki pand qil.
La’li shirindinki qilding ayshni jonimg‘a talx,
Necha achchig‘ so‘z demak, bir qatla shakkarxand qil.
Jomi Jamning rohi Afridun yiloni zahridur,
Ey ko‘ngul, o‘zni safoli faqr ila xursand qil.
Hojati budur Navoiyning, xudoyokim, ani
Mug‘bacha husniga mug‘ dayrida hojatmand qil.
384
Zaxmliq ko‘ksumni g‘ayrat tig‘i birla chok qil,
Ham ushul su birla g‘ayridin ko‘ngulni pok qil.
Lam’ai ruxsoridin, ey ishq, kuymakdur ishim,
Notavon jismimni gar xud hiyma, gar xoshok qil.
Buyla o‘tkim mendadur, andin fuzun imkon emas,
Dam bila tez ayla yoxud yuzni otashnok qil.
G‘ayrg‘a shoyad g‘uborim hoyil o‘lg‘ay ko‘rgali,
Ko‘yida, ey ishq, hasrat birla jismim xok qil.
Mast chiqmish tig‘ ila ahli nazar qatli uchun,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |