www.ziyouz.com kutubxonasi
204
Qoshingda egma qad birla yer o‘ptum,
Xayol et ul ruku’um, bu sujudum.
Belu og‘zing uchun borim yo‘q o‘ldi,
Vale tengdur sanga budu nobudum.
Berib din naqdi, bo‘ldum dayr aro mast,
Vale ko‘p bo‘ldi bu savdoda sudum.
Bukim ko‘p ashk to‘ktum, ey Navoiy,
Ko‘nguldin g‘ayrining nashini yuvdum.
401
Damo-dam otashin la’lig‘a olur boda jononim,
Bu yanglig‘ o‘tlar ichra naylasun o‘rtanmayin jonim.
Emas oy, kun iki pog‘undasin ko‘k zoli berkitmish,
Quloqqa baski hajringda ani yolqitti afg‘onim.
Tanimda dog‘larni ayladim ko‘nglak bila pinhon,
Qonab, ko‘nglakda fosh etti o‘zin har dog‘i pinhonim.
Ko‘zumda bog‘lanib qon yosh, ne tong, gar ochqali qo‘ymas,
Chu ul qonimni to‘kti, oqibat tutti ani qonim.
Buzug‘ ko‘nglum aro mundoqki, paykoningni yog‘durdung,
Ne tong, mundoq yog‘indin yer bila teng bo‘lsa vayronim.
Xijolatdin qizarmish gul, taxarruk sarvdin ketmish,
Magar bog‘ ichradur gulchehrlik sarvi xiromonim.
Tasavvur birla gah maqbulmen ollida, gah mardud,
Qayu aqshomki, sultoni xayoling bo‘lsa mehmonim.
Vujud iqlimidin ovora gar bo‘ldum, umid ulkim
Fano dashti g‘uboridin yopilg‘ay jismi uryonim.
Navoiyg‘a demangkim, tarki ishq et, to erur mumkin
Ki, men oshnqmenu devona, mundoq ish ne imkonim.
402
Bahoru bog‘ sayridin ne gul, ne sarvdur komim,
Budur komimki, shoyad uchrag‘ay sarvi gulandomim.
O‘qung ko‘p zaxmidin dom o‘ldi jismim, zaxmlar ermas,
Chiqarg‘a jon qushi yo‘llar yasabtur har taraf domim.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |