Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

207


Qattiq ahvolimg‘a yig‘laydurg‘an elni dema do‘st,

Do‘stlar o‘lmish, o‘lum holig‘a yetmish dushmanim. 

Dayr eshikinda tanim dafn aylasang, ey mug‘bacha,  

Boda loyidin gahe topqay imorat madfanim. 

Dasht aro so‘r, ey Navoiy, jonu ko‘nglum saydini

Kim, bukun ov azmi qilmish qotili sayd afganim. 



406

Shabiston ichra kirgach, sham’larning nurin etting gum,  

Kecha  yorug‘roq o‘lgach, tiyraroq bo‘lg‘an kebi anjum. 

Chu sensen ayni insoniyat, o‘lsang diydadin pinhon,  

Qorang‘udur jahon  andoqki,  ko‘zda bo‘lmasa  mardum. 

Ne tunkim, xoru xoro ustida ko‘yungda yotqaymen,

Degaymenkim, yonim ostidadur sinjob ila qoqum. 

Otang oyu onang xurshid edi erkinki, sen tug‘dung,  

Vale husnu latofatda ne ab o‘xshar sanga, ne um. 

Agarchi ishq bahri hajr daryosidin a’zamdur, 

Va lekin gar kichikroqdur, pur ofatroqdurur Qulzum. 

Quyoshdektur to‘la kup og‘zi davridin mayi sofiy 

Ki, gar bo‘ldi quyosh avlo bukim, garduncha bo‘lg‘ay xum. 

Agar  ma’shuqi zebo bo‘lsa, ne barlosu ne lo‘li,  

Nafis ar bo‘lsa kolo, mulki ne Bag‘dodu ne Torum. 

Xaloyiq kulmagin o‘z holima ko‘rganda yig‘larmen,  

Junun ko‘rgilki, chun dardimg‘a yig‘larlar, kelur kulgum. 

Navoiy, shahr eli ishg‘olidin gum bo‘ldi maqsudung,  

Bulardin istasang maxlas, fano dashtida bo‘lg‘il gum. 

407

Charxdin gar hardam ermas bir azog‘a kuymakim,  

Nega tikkan soyi chok o‘lmoq keraktur ko‘nglakim. 

Sahl erur ko‘nglakki, hijron o‘qiyu g‘am tig‘idin,  

Tikmaku chok aylamakka mubtalodur ko‘krakim. 

Har zamon ko‘zdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,  

Mayl etar tufroqqa, vah, o‘lturgusi bu emgakim. 

Bejigar bo‘lsam balo tortarg‘a, vah, emdi ne tong,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling