www.ziyouz.com kutubxonasi
209
Otashin la’ling g‘amidin o‘rtanib, qon yig‘lasam,
Goh qondin, goh o‘tdin la’lgundur paykarim.
Ko‘zu mujgoningdin ayru uyqu yo‘q men xastag‘a
Kim, momug‘ yanglig‘ tnkon birla to‘lodur bistarim.
Ey niholi noz, ohimdin hazar qilkin, bukun
Ko‘p ko‘han paykar shajarni yiqqudektur sarsarim.
Ul quyosh aksin may ichra ko‘rgali oshuftamen,
Ne ajab oshuftalig‘kim, sug‘a tushmish axtarim.
Men ozibmen yo‘ldinu bas tiyradur hijron tuni,
Toli’ o‘l, ey kavkabi iqbolu, bo‘lg‘il rahbarim.
Ey Navoiy, ne ajab gar nazmim elni yig‘latur
Kim, yozilmish hajr o‘tining dudasidin daftarim.
410
Yetkach ul qotil, erur bo‘g‘zumda ikki barmog‘im,
Tig‘i o‘rnin ko‘rguzub, surgil debon yolbormog‘im.
Vasl jomining agar mufrit emas kayfiyati,
Sen qachon kelgach, mening nedur o‘zumdin bormog‘im?!
Hajr tirnog‘i bila ko‘nglumnikim, qildim figor,
Bo‘lmasun g‘ayring demakdindur bu nav’ axtarmog‘im.
Baski shavqung g‘olib o‘lmish telbalardek, ey pariy,
Yo‘qturur tun-kun xayoling birla so‘zlab hormog‘im.
Hajr aro yo‘qkim, visol istab, o‘lum istab, erur
Furqatingdin o‘zni bir tadbir ila qutqormog‘im.
Soqiyo, taklif ila ich dema, to‘ldur dog‘i ko‘r
Kim, ayog‘ning naqshini eltur qirib sipqormog‘im.
Ey Navoiy, tortayin dermen ko‘nguldin intiqom,
Yo‘qsa yuz g‘amni anga har dam nedur boshqormog‘im.
411
Yor tig‘i qatl urub, men hajr mayli qilmadim,
Ko‘nglum olib qovdi, men ko‘nglum bila ayrilmadim.
Zulm ila ovora aylar chog‘da o‘lturgil debon,
Ne tazallumlarkim, ul qotil qoshinda qilmadim.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |