Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

211


Xayol birla labing qandi chun erur gazagim. 

Tikan nishonimu guldek kafingdadur, yoxud

Yetishgach anda ko‘zum, qoldi yopishib nenagim. 

Sipehr zulmig‘a yo‘q chora bodadin o‘zga, 

Bu ishda aqldin ermas tahammul aylamagim. 

Visolin istadim — ochti sahar yadi bayzo,  

Navoiyo, ajab ar mustajob emas tilagim. 

414

Firoq tig‘i halokidin oncha emgandim  

Ki, yetsa dog‘i ajal, o‘lmamakka o‘rgandnm. 

Yerim gar o‘lsa tamug‘, ko‘p ko‘runmagay muhriq,  

Firoq shu’lasig‘a munchakim, men o‘rtandim. 

Halok dashtida itkan ko‘ngul topilmadi hech,

Quyun kebi nechakim, har yonida aylandim. 

O‘qurda ruq’a hijron uzuldi tori hayot,

Nedinki, toridek azbas o‘zumga to‘lg‘andim. 

Emas boshimdin ayoq oh dudi birla qora,  

Firoq dashti samumida buyla churkandim. 

Demangki, xum kebi dayr ichra sokin o‘lkim, men  

Surud uniga magar hol etarda tebrandim. 

Navoiyo, o‘tubon umr g‘aflat ichra, darig‘  

Ki, so‘ng‘i uyqug‘a ko‘z mayl etarda uyg‘andnm. 

415

Charx ayirdi tez etib nolamni ham, ohimni ham,  

Mehribon shohimni ham, nomehribon mohimni ham. 

Har kishi dilxohu diljo‘yum edi, soldi yiroq,

Shohi diljo‘yumni dog‘i, mohi dilxohimni ham. 

Ne fig‘ondurkim, latofat avjida mohimni tun,

Uyqug‘a qo‘ymas xilofat taxtida shohimni ham. 

Aytmon shohimni yo mohimni yetkur boshima,  

Ham mahi g‘ofilvashimni, shohi ogohimni ham. 

Jonda shohim yodi, ko‘nglum ichra mohim furqati,  

Deng anga qulluq, bu birga shayalillohimni ham. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling