www.ziyouz.com kutubxonasi
214
Muvofiq kiydilar, bo‘lmish magar navro‘z ila bayram,
Chaman sarvi yoshil xil’at, mening sarvi ravonim ham.
Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.
Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim bo‘lub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldin sekretib adham.
Qo‘nub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidin g‘ulg‘ul,
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.
Qilib ohim sari parvo, buyon mayl etmading qat’o,
Sabodin, ey qadi ra’no, bo‘lur ham sarv gah-gah xam.
Bu bog‘ ichra may, ey soqiyki, bormen asru mushtoqi
Ki, anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.
Navoiy, ko‘yin et manzil, yuzu qaddig‘a bo‘l moyil
Ki, bog‘ etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram.
421
Shomi g‘am hajr o‘tig‘a kuymakni ko‘p fan ayladim,
Vasl sham’in yoqib, el bazmini ravshan ayladim.
Elga gardundin nashot etmak uchun ermish bukim,
Oh o‘qidin charxni yuz yerda ravzan ayladim.
Bor emish go‘yo visol ahli nashot aylargakim,
Hajr aro qon yosh ila davronni gulshan ayladim.
Men kuyub, el bazmi garm o‘lmoq ne, ya’ni go‘yiyo
Ani elga do‘st, o‘z jonimg‘a dushman ayladim.
Bu baliyatdin qutulmoq topmadim, ey mayfurush,
Bexud o‘lmoqqa xarobot ichra maskan ayladim.
Dayr eli tutti Masiho so‘gini, ey mug‘bacha,
Baski, Maryam charxidek hajringda shevan ayladim.
Ey Navoiy, yetsa yuz ming g‘am falakdin ne g‘amim,
Xossakim, dayri fano kunjini ma’man ayladim.
422
Agarchi asru ko‘p zolimdurur nomehribon mohim,
Bihamdillahki, ham odildurur, ham mehribon shohim.
Shahim bordiyu men qoldim, boray desam, bora olmon,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |