Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
215
Erishib ani, mohim bo‘lmasa bu yo‘lda hamrohim. Mahimg‘a kim dey olg‘aykim, manga bu yo‘lda hamroh bo‘l, Magar shohimki, mohim dardi ishqidindur ogohim. Manga dnlxoh mohimdur, dog‘i diljo‘y shohimdur Ki, yo rab, tushmasun ayru ne diljo‘yum, ne dilxohim. Agar shohim vafosi jomidindur ishrati shomim, Vale mohim jafosidindurur ohi sahargohim. Manga shohim vafosi ham kerak, mohim jafosi ham, Ki, budur mujibi shavqu tarab, ul — izzatu johim. Agar mohim Navoiydin jahon naqdin tama’ qilsa, Ne g‘am, shohimg‘a borib zohinr aylay shayalillohim.
Ul quyoshqa, vah, ne had birla bitik aylay raqam, Noma eltur qush malak bo‘lg‘ay, magar had bo‘lsa ham. Tayyi arzing bo‘lsa, ey payki sabo, nomamni elt, Yo‘qsa qat’ o‘lmas bu yo‘l urmoq bila qosid qadam. Qosido, jon naqdini ham topshururmen, nomag‘a, Chun ilik sunsa, ayog‘ig‘a nisor et jonni ham. Sen borib kelguncha, ey qosid, o‘zumda bo‘lmag‘um, Jon yetib og‘zimg‘a shavqung shiddatidin dam-badam. Anglamonkim, ul haramda bor topqung, yo‘qsa yo‘q, Bor topsang ham, olib nomang o‘qurmu ul sanam? Gar o‘qur ham bo‘lsa, radmu bo‘lg‘usi yoxud qabul, Ham qabuli tushsa, yozg‘aymu javob, aylab karam? Ey Navoiy, noma ul yon yozg‘ali ne had sanga, Tut firoq ichra visolining xayolin mug‘tanam.
Ey xush ulkim, ofiyat kunji manga erdi maqom, Surai vashshamsu vallayl erdi virdim subhu shom. Subh andin xilvatimg‘a nafxai ruhul quds, Shom mundin kunji faqrim ravzai dorussalom. Sayd subham donasi birla maloyik qushlari, Anda qo‘ymay rishtai zuhdu riyoi birla dom.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 216
Ne birovning qomati ra’nosidin nolam biyik, Ne kishining g‘amzai jodusidin uyqum harom. Ne ichimda lolaruxlar ishqidin qonlig‘ tugan, Ne boshinda siymbarlar vaslidin savdoyi xom. Ham ko‘nguldin nozaninlar suhbati bo‘lg‘an unut, Ham nazardin mahjabinlar surati borib tamom. Nogahon shah bazmida jonimg‘a tushti ofate, Men o‘zumdin bordim, ul bilmon qayon qildi xirom. Hush ketti, aql itti, qolmadi jonu ko‘ngul, Ishq chekti zuhd ila savdolarimg‘a intiqom. Tushmish o‘t jonimg‘a ul damdin beri ul nav’kim, Jon berib o‘lmakni topmon, aylabon yuz ihtimom. Yor g‘oyib, dard muhlik, xalq g‘ofil, naylayin, G‘avruma kim yetkay illo shohi gardun ihtishom. Ey Navoiy, shohdin darding iloji bo‘lmasa, Bosh olib ketgil, urub ovoralig‘ dashtig‘a gom. 425 Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim, Ne xush bo‘lg‘ayki, bo‘lg‘ay hamnishinim. Saodat xatlari qilmish huvaydo, Iting changiga surtulgan jabinim. Erur ul sho‘x otqan kaj guruha, Ko‘ngul ganji aro durri saminim. Nedin ul ko‘z chekar o‘q go‘shalardin, Gar o‘lturmakka qilmaydur kaminim. Tekurma otashin la’lingg‘a boda Kim, ul o‘tdin kuyar joni hazinim. Ketur, ey mug‘bacha, jomi mug‘ona, Erur, olsang, bahosi naqdi dinim. Navoiy, ne osig‘, jonong‘a yetmas Navolarkim chekar joni g‘aminim.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling