www.ziyouz.com kutubxonasi
224
Bag‘oyat hiylagardur zoli gardun,
Agar ersen, hazar qilg‘il bu tuldin.
Tariqi ishq ila borg‘il, Navoiy
Ki, ozdi har kishikim, chiqti yo‘ldin.
441
Ishq chun berdi tanim shu’lasig‘a ko‘kta o‘run,
Chekti bir-birdin ani, ayirib uchqun-uchqun.
Ishq o‘ti yoqqali chok etti quruq jismimni,
Yorsa xushroq tutashur, necha quruq bo‘lsa o‘tun.
Shu’laliq tan bila g‘am dashtida sargardonmen,
Go‘yiyo yeli samum o‘lsa, bo‘lur buyla quyun.
Dudi ohimg‘a yetishmas, chiqibon abri bahor,
Uylakim rif’at ila abri bahoriga tutun.
Charx yog‘dursa kavokibni, sirishkimcha emas,
Qanda daryo bila teng bo‘lg‘ani bordur shudrun.
Tiyr boroni g‘aming jonu tanimdin o‘tti,
Olloh-olloh ne balo bu yog‘in ermish o‘tkun.
Ko‘kragim chokini tikmak bila butsun demangiz,
Subhning ko‘nglakining chokini kim ko‘rdi butun.
Zohido, tonglagi kavsar mayidin ko‘p dema so‘z,
Kelki, mayxona aro xush tutoli o‘zni bukun.
Istamas bo‘lsang ishing uzra girih, tuzluk qil
Kim, yog‘in rishtasig‘a qatrasi xud keldi tugun.
Mastmen, lek unaman tugmai toj aylasa shayx,
Zuhdi ko‘yi aro xirqamdin agar tushsa yurun.
Ey Navoiy, dema zulfi aro holingni, degil
Kim, erur asru aning qissasi chirmashu uzun.
442
Rishtai jonim sanga bog‘ligdur, o‘ltur bir zamon
Kim, erur qo‘pmoq hamonu rishtani uzmak hamon.
Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim,
Yaxshilardin yaxshisen sen, men yomonlardin yamon.
Vasli no‘shi lazzatin so‘rdung, javobin ne deyin,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |