www.ziyouz.com kutubxonasi
220
Kim, xudo bermaydur ul sho‘xi jafogustarg‘a rahm.
Xo‘blug‘ rasmin ilikdin berma, ey berahmkim,
Xo‘blar oshiqlaridin qildilar aksarg‘a rahm.
Yo‘lung ustida yotibmen xastayu zoru zaif,
Bir o‘tarda aylagil bu bekasi muztarg‘a rahm.
Bevafolar sari gar dunlarg‘a rahm ermas, ne tong,
Yo‘qki dunlar, balki yo‘q garduni dunparvarg‘a rahm.
Ey Navoiy, sarv yanglig‘ dudi ohu siymi ashk,
Ne osig‘ chun kelmadi ul sarvi siymnnbarg‘a rahm.
433
To o‘yuldi xanjari hijron bila giryoi ko‘zum,
Ul tanur o‘ldiki, zohir ayladi to‘fon ko‘zum.
Vola ul suratqa, jono, to bo‘lubturmen. erur
Surati bejon ko‘zidek, ul taraf hayron ko‘zum.
Dedim: etkil orazing birla ko‘zung vasfin, dedi:
Orazim davri qamar, sarfitnai davron ko‘zum.
Ashkdin yuz sari chun zohir qilur durri samin,
Go‘yiyo ko‘z mardumi g‘avvos erur, Ummon ko‘zum.
Bo‘ldi bir gulgun bo‘yalg‘an sham’ining xam shu’lasi,
Qilg‘ali rangin sirishkidin tanimni qon ko‘zum.
Chun keraktur pok ko‘z manzuri bo‘lmoq pok yuz,
To yuzung bor, o‘zga yuz ko‘rmak emas imkon ko‘zum.
Ey Navoiy, yo‘q hadim ul sho‘xni ko‘rmakka, lek
Har qayon azm etsa, asrar xalqdin pinhon ko‘zum.
434
Javhari paykonlaringning maxzani jon istadim,
Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim.
Tarki ishq irshod qildim ko‘ngluma, qatl aylading,
Bu edi jurmumki, kofirni musulmon istadim.
Ey sabo, devona ko‘nglumdin xabar topqilki, men
Topmadim, chun ul pariy ko‘yida har yon istadim.
Zulf aro qoshing ko‘rungach, bo‘lmadi zohir hilol,
Shomi iyd ani sipehr uzra farovon istadim.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |