Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

218


428

Qayg‘udin ko‘nglum toriqmishtur, ko‘nguldin qayg‘u ham,  

Jonig‘a yetmish bu g‘amgindin ul-u andin bu ham. 

Furqatingdin ne tirikmen, ne o‘luk, vah, ne ajab,  

Elga holimdin gah o‘lsam yig‘lamoq, gah, kulgu ham. 

Vahki, emdi tushga ham kirmas visoling, negakim,  

Ko‘zdin andoqkim, uchar vasling, o‘chubtur uyqu ham. 

Uyla ohimdin jahondur tiyrakim, za’fim chog‘i,

Og‘zima qo‘ymoqqa topilmas yorug‘ bir ko‘zgu ham. 

La’lu dur, tong yo‘q ko‘zumda, ne uchunkim bog‘lamish,  

Sovug‘ ohim shiddatidin anda qon, balkim su ham. 

Intihosi ishqinng hijron emish, ey ahli ishq,

Vasl davroni aro mag‘rur bo‘lmang asru ham. 

Ey Navoiy, men kimu ul oy visoli bazmi, lek  

Basdur ul davlatki, o‘ltursam yiroqtin o‘tru ham. 

429

Yog‘liging ilgimda, ashkimni ravona aylaram,

Ko‘zga surtub, ashk aritmog‘ni bahona aylaram. 

Ul ko‘zumga chun yetib taskin topib giryonlig‘i,  

Ko‘zdin olg‘ach, yana ashkimni ravona aylaram. 

Yana yetkach, ko‘zga ashkim tursa olurmen ani,  

Yana borsa, chorasin bu nav’ yana aylaram. 

Qo‘zda kirpiklarni tillar aylabon har torig‘a,

Za’fi holim ko‘z tili birla fasona aylaram. 

Balki har torig‘a  jonim  rishtasin chirmashturub,

Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram. 

Bir qadah bersangki, tutsa mug‘bacha, ey piri dayr,  

Naqdi din sarmoyai jomi mug‘ona aylaram. 

E, Navoiy, toki bo‘lmishmen fano dayrida mast,  

Aqlu din tashvishidin forig‘ tarona aylaram. 

430

Ko‘nglum ichra ishq o‘ti yoqmog‘in angiz ayladim,  

Kuydurub o‘zlukni, ohing shu’lasii tez anladim. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling