www.ziyouz.com kutubxonasi
219
Ul pariy ishqida kuydurdum maloyikdin qanot,
Dudi ohimniki, har dam otashangez ayladim.
Qaddu ruxsori uchun ohim o‘tining shu’lasin,
Shomi g‘am gohi havoyi, gohi gulrez ayladim.
Gulbuni qaddig‘a el ko‘ngli osilmish g‘unchadek,
Mundin ul naxli vafo vasfin dilovez ayladim.
Ostoningda bosh urmoqdin agar toptim sudo’,
Ashku ul tufrog‘din ani sandalomez ayladim.
Soqiyo, may tutkim, ul ayyomning uzrin qo‘lay
Kim, qadahdin zuhd ranji birla parhez ayladim.
Ey Navoiy, bir pariyvash turkning majnunimen,
Yo‘q ajab, har qayda raxshin surdi, men xez ayladim.
431
Har kishi yor ollida der chinni ham, yolg‘onni ham,
Vahki, ul bovar qilur voqi’ni ham, bo‘htonni ham.
Jong‘a yettim muxtalif ashobidin, ul dilrabo,
Uylakim ko‘nglumni oldi, kosh olsa jonni ham.
Muddailar buyla hamroz o‘lsalar yor ollida,
O‘zga tutmoq farzdur o‘lmakni, bal hijronni ham.
So‘z dey olurlar gahu begah, mahallu bemahal,
Bas mahaldur, tark qilsam mulku xonumonni ham.
Chunki bag‘rim qonini ko‘z yo‘lidin oqizdilar,
Dam-badamdurkim, surubturlar sarosar qonni ham.
Ey ko‘ngul, dahr ahlig‘a yo‘q va’dayu paymon durust,
Necha kuygung sen dog‘i, uz va’da, buz paymonni ham.
Hoshalillohkim, Navoiy aylagay tarki vafo,
Bevafo kofirlar olsa jonni ham, imonni ham.
432
Ey musulmonlar, kelur holim ko‘rub, kofirg‘a rahm,
Naylayinkim, kelmas ul sho‘xi pariy paykarg‘a rahm.
Rahm etarlar telba ko‘nglumni ko‘rub ahli junun,
Ne ko‘ngul bo‘lg‘ayki, kelmas ul pariy dilbarg‘a rahm.
Gar jafosi boru rahmi yo‘q, anga ne e’tiroz
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |