Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

233


Chiqibtur chun tishing hajrinda ohim abri naysondek,

Ne tongdur, yog‘sa jola o‘rnig‘a aning sahobidin. 

Ko‘nguldin poralar  ma’lum o‘lurkim, istar ul oyni,  

Damim o‘ti sharorining falak sari shitobidin. 

Havoyi ishqdurkim, buzg‘ay uylarni hubob oso,

Buzulg‘ochkim, havo  chiqsa  ko‘zum bahri hubobidin. 

Savodi hajr shomicha to‘kulgay mushk har sari,  

Parishon aylasa yel, tob ochib zulfung tanobidin. 

O‘tukin to rikob o‘pti, aning rashkidin istarmen,  

Ki, tishlab-tishlab, o‘tuk na’lidek uzsam rikobidin. 

Ajab yo‘q, totsa har it telbarab og‘zidin o‘t sochqay,

Junun ko‘yida tushkan shu’laliq bag‘rim kabobidin. 

Sadodin obi hayvon qatrasi sekrirmu har sari,  

Vayo so‘z der zamon, dur sochilurmu la’li pobidin. 

Desang hajring xumoridin xalos o‘lg‘aymen, ey soqiy,  

Magar og‘zimg‘a quyg‘aysen labi la’ling sharobidin. 

Ne mozidur, ne mustaqbal orada, sensenu bu dam

Ne shod o‘lmoqdurur har dam uzun umrung shitobidin. 

Desang do‘zax azobin chek Navoiy, tortsun ming yil,  

Xalos etsang ani, yo rab, dame hijron azobidin. 



459

Malolat bumi uchmas men gado vayroni tomidin,  

Muzahhab  qush  kebi  shah qasrining mili  maqomidin. 

Jamoling subhidin so‘rdung nishone, vah ne nav’ aytay,  

Qutulmaymen chu hargiz tiyra zulfung hajri shomidin. 

Bu yanglig‘kim taqibsen har ko‘ngulga zulfdin tore,

Ko‘ngullar  ne qutulg‘aylar  qading sarkash xiromidin. 

Yuzungnung hajrida bu ko‘z qorasin lola yanglig‘ bil,

Qorasi davrida evrulgan ashki lolafomidin. 

Seni istarda bu majnun xiromi barqdek, tong yo‘q  

Ki, po‘ya vaqtida o‘t choqilur har tez gomidin. 

Labing obi hayotida erur Iso dami muzmar, 

Ne tong, bo‘lsa o‘luk jonbaxsh aning shirin kalomidin. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling