www.ziyouz.com kutubxonasi
229
Vafosizdur zamon ahli, zamonda ne vafo bo‘lg‘ay,
Vafo ahli bulardin gar vafo istar, erur nodon.
Xusho, dayr ichra mayxona, to‘la ilgimda paymona,
Menu ahli fano og‘zida kullu man alayho fon.
Fano dayrida soyilliqni sultonlnqdin ortuq tut
Ki, o‘lmaklikda tengdurlar agar soyil, agar sulton.
Jahon ichra kishining chun yo‘qiyu bori yaksondur,
Ne farrux kimsadur ko‘rgan jahon boru yo‘qin yakson.
Navoiy, o‘zni xush tutkim, kishiga dahr ishi bordur,
Agar mushkul tutar — mushkul va gar oson tutar — oson.
451
Furqatingdin sudurur ko‘nglum, xayoling ul sudin
Uyla zohirdurki, zohirdur jamoling ko‘zgudin.
Ul yuz ollimdin ko‘rungach, qochti hijron zulmati,
Soya qolg‘andek keyin, xurshid chiqqach o‘trudin.
Hajr biymi ichra bo‘ldum past, baskim, yig‘ladim,
Vasl ummidi dog‘i topsam, sustayurmen kulgudin.
Deb eding qatlingg‘a kelgum, chun ishim o‘lmakdurur,
Kelsa o‘lgum, kelmasa ham, o‘lgum ushbu qayg‘udin.
Chekmisham qotil ko‘zung ollinda ko‘nglum saydini,
Chun qulaydur — bir o‘q ot, o‘tkarma ani qobudin.
Dermen, aylay surma bir sohib nazarning gardini,
Ohkim, uyg‘onmag‘ur baxtim, ko‘z ochmas uyqudin.
Ko‘rgali ani Navoiydek o‘zumdin bormisham,
O‘ziga kelturmas ul ayyor ushbu bexudin.
452
Yorutmas quyosh tiyra shomim qorosin
Ki, bu shom etar tiyra aning ziyosin.
Ochar shoh o‘zi band qilg‘anni, lekin,
Xalos aylay olmas birov mubtalosin.
Gar Ayyub sabr etti turluk baloda,
Vale ko‘rmadi hajr shomi balosin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |