www.ziyouz.com kutubxonasi
234
Chu ko‘rdum og‘ziyu zulfini, hushum bordi yag‘mog‘a
Ki, mul kayfiyati fahm o‘ldi aning mimu lomidin.
Nasimi zulfin istishmom qilsa aqli kuli chiqmas —
Junun atri qiyomatqa degin aning mashomidin.
Ul oy hajrnnda mahzunmen, kerak mayxona ul yanglig‘
Ki, may kam bo‘lmag‘ay yillar ichib aflok jomidin.
Manga chun dayr piri sa’y qildi butparast o‘lmoq.
Unuttum xudparast o‘lmog‘ni aning ihtimomidin.
Erur ko‘ngli qushig‘a halqamu ushshoq otin ko‘rgach,
Navoiy otig‘akim, halqa chekting ul asomiydin.
460
Dema gulgundur libosimkim, sirishkim qonidin,
Rang tutmish, qon oqar siqsang, tutub har yonidin.
Necha ko‘nglum bog‘ida, ey ishq, kirsang topilur,
Sarv birla g‘uncha aning novaku paykonidin.
Oshkoro ganji husnndin chu bahram yo‘qturur,
Qayda topqaymen tamattu’ xurdai pinhonidin.
El bila kasbi havoyu su qirog‘i istading,
Bo‘lma g‘ofil ohu ashkim sarsaru to‘fonidin.
Xo‘blug‘ davronida ushshoqdin yod et gahe
Kim, base yod aylagungdur xo‘bluq davronidin.
Istamang oxir giyohi mehr yo bargi vafo
Kim, ko‘karmaydur bular hargiz jahon bo‘stonidin.
Ey Navoiy, yoqmasa ul oyg‘a, bas qildim navo,
Lek man’ aylarga ojizmen ko‘ngul afg‘onidin.
461
Tilab maqsad harimi tavfini yeldek xiromimdin,
Oziqqan hamrahim topmas asar qum uzra gomimdin.
Qiyomatqa degincha zahr o‘tidin marg‘zor o‘lg‘ay,
Agar bir qatra tomsa, furqating bazmida jomimdin.
Qamar davrida yorug‘luq yuzini ko‘rmagay kimsa,
Quyosh ruxsorig‘a gar tushsa xole tiyra shomimdin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |