www.ziyouz.com kutubxonasi
242
Goh behol o‘lmag‘idin za’f aro beholmen.
Za’f holingg‘a necha rahm aylagaymen, ey ko‘ngul,
Sen dog‘i rahm etki, men ham bas za’f ahvolmen.
Ishq aro gohi bo‘lurmen zor mo‘yangdin chu mo‘y,
Furqat ichra goh nolangdin nachukkim, nolmen.
Kosh itsang, uylakim nomu nishoning topmasam,
To desam ishq anduhidin emdi forig‘bolmen.
Ey Navoiy, necha dermen ishq tarkin aylayin,
Chun ish ishga yetti, aylarmen yana ehmolmen.
475
Hajr shomidin qorong‘uroq tun o‘lg‘aymu ekin,
Yo rab, ul tundin xalos o‘lg‘an kun o‘lg‘aymu ekin?!
Barq yanglig‘ olam o‘rtar lam’ai shomi firoq,
Do‘zaxi hijron chiqarg‘an uchqun o‘lg‘aymu ekpn?
Ko‘yida itlar izi ruxsorima bo‘ldi baho,
Mundin oyo qimmatiroq oltun o‘lg‘aymu ekin?
Subh furqat bir balo daryosi buzdi xalqni,
Shomi hijronimda yog‘qon shudrun o‘lg‘aymu ekin?
Gul masallik toza qonlig‘ dog‘lar birla tanim,
Dard bog‘ida ochilg‘an gulbun o‘lg‘aymu ekin?
Tiyr boroni firoq ahbob jonidin o‘tar,
Hech yomg‘ur mundin, oyo, o‘tkun o‘lg‘aymu ekin?
Bog‘ aro gullarga o‘t soldi Navoiy nolasi,
Benavo bulbulg‘a, vah, mundoq un o‘lg‘aymu ekin?!
476
Bu kecha hajr kuni shomi qiyrgunimu erkin,
Yo‘q ersa sa’b g‘amim do‘zaxi tutunimu erkin?
Chu shayx xirqasig‘a ruq’a tikti, jismi tutashti,
Samum hullasidek ko‘nglagim yurunimu erkin?
Firoq dashtida itkan ko‘ngul yelib chiqa olmas,
Aning bu vodi aro g‘ul rahnamunimu erkin?
Ko‘zum uyiniki sayli sirishk buzdi, yiqilmas
Qading xayoli bu vayronaning sutunimu erkin?
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |