Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
246
G‘am tuni la’ling surudi hajr der men zor uchun,
Chun ajal yetti — Masiho zahr ezar bemor uchun.
Ko‘zki uchqan chog‘da ustiga yopishturdum somon,
Nomabar qushdurki, sarig‘ ruq’a eltur yor uchun.
Orazing shavqidakim, ashkim to‘kar ko‘z mardumi,
Bog‘bon yanglig‘dururkim, su ochar gulzor uchun.
Ko‘yi tufrog‘in meniig diydamg‘a sol, ey tong yeli
Kim, erur ul surma loyiq diydai bedor uchun.
Chun yiqildi za’fdin jismim uyi, naylay, aso
Kim qilibtur sarvi pushtibon yiqug‘ devor uchun?!
Umr naqdig‘a imorat aylang, ey dayr ahlikim,
Vaqfi jon mulkin qilibmen kulbai xammor uchun.
Gar Navoiy, hajr dashtidin o‘ta olmas, ne tong,
Yo‘l yuruy olmas kafi g‘am toshidin afgor uchun.
484
Necha ashkimdin manga, ey ishq bedod etkasen,
Ohdin jismim xasin har lahza barbod etkasen.
Elga dilbar iltifotidin meni aylab g‘amin,
Elni bo‘lg‘andin manga nomultafit shod etkasen.
Menkim o‘ldum, g‘amda jon bermak manga ta’lim etib,
Ulki qotildur, anga o‘lturmak irshod etkasen.
Ey ko‘ngul, bergaysen elga suri nafxidin xabar,
Aylab ohingdin qiyomat, chunki faryod etkasen.
Har zamon ishqing chu yuz ming qatlig‘a qoni’ emas,
Furqatingdin yo‘qturur hojatki, imdod etkasen.
Ishqdinkim jonima yuz gul ochilmish, ey hakim,
Jahl erur,gar nomiya ruhig‘a isnod etkasen.
Uyla mahv o‘lmish Navoiy xotiringdin, ey pariy
Kim, unutub, shoyad ul devonani yod etkasen.
485
Yer holidin manga, vahkim, xabar yo‘qtur bu kun,
Bu jihatdin aqlu hushumdin asar yo‘qtur bu kun.
Subh selobi sirishkim oqti ko‘p, ey do‘stlar,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: