www.ziyouz.com kutubxonasi
247
Pand uchun kelmangkim, ul sudin guzar yo‘qtur bu kun.
Kecha gar bag‘rim bo‘lub qon oqti ko‘zdin, g‘am emas,
G‘am budurkim, itlariga mohazar yo‘qtur bu kun.
Men bukun o‘lgach, aning ko‘yiga to‘ldi xalqkim,
Ashku ohim saylu barqidin zarar yo‘qtur bu kun.
Va’dai vaslini tongla demagilkim, umrg‘a,
E’timodim hajr shomi to sahar yo‘qtur bu kun.
Ichmagum, ey dayr piri, jomi may, ul mug‘bacha
May tutarg‘a bazmi aysh ichra agar yo‘qtur bu kun.
O‘zlukin chun soldi o‘lgan kun Navoiy boshidin,
Bu jihatdindur anga gar dardisar yo‘qtur bu kun.
486
Ko‘zlarim ko‘r et, ko‘ngulga dog‘i hijrondin burun
Kim, bu ikki kuydurubturlar meni andin burun.
Garchi ko‘ptur oshiqing, lekin yuz ochsang, kimsaning
O‘lmaki mumkin emas men zori hayrondin burun.
Ashk ila dersen buzay ko‘nglungni, ey ko‘z, lek ishq
Yer bila teng qilmish ani sayli mujgondin burun.
Kel-kel, ey jonu ko‘ngul oromikim, bo‘lmoq fidong,
Jon ko‘nguldin burnaroq istar, ko‘ngul jondin burun.
Sofi vasling borida tutma desam durdi firoq,
Derki, zahr ichmaklik avlo obi hayvondin burun.
Gar sanga yo‘qtur vafo, husnung‘a ham yo‘qtur vafo,
Bas g‘animat bil vafo, bo‘lmoq pushaymondin burun.
Ey Navoiy, yetkay ul oyg‘a fig‘onim der edim,
Ohkim, to ochti yuz — jon yetti afg‘ondin burun.
487
Yuzung subhida xoling nuqtaedur, subh aro bo‘lg‘an,
Yo‘q ersa ko‘rmaduk tong yulduzin hargiz qoro bo‘lg‘an.
Xato bo‘lmas ko‘nguldin xud o‘qung, ammo tilar ko‘nglum
Ki, ham tekkay anga, har sari otqandin xato bo‘lg‘an.
Ne bilgay kirpiku qoshing g‘amin bir shastig‘a mag‘rur
Ki, bilgay bir meningdek ohi novak, qaddi yo bo‘lg‘an.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |