Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

256


Ey Navoiy, istasang kasb etmak oyini fano,  

Xonaqah shayxin qo‘yub, qil dayr piri xidmatin. 



503

Ishq ahli, sotqun, olsa izing to‘tiyosidin,

Qilg‘il tarozu ikki ko‘zumning qorosidin. 

Qoshingki juzv-juzvida bor qavs hay’ati,  

O‘q yog‘dururg‘a jong‘a otar barcha yosidin. 

Ko‘rmak tilar yuzungni ko‘ngul, kosh itlaring

Yonimni tu’ma qilsa so‘ngaklar orosidin. 

Ey noz, sham’i kokulung ermaski, dud erur  

Kim, zohir o‘ldi shu’lai husnung ziyosidin. 

Gar o‘lturur habib  murodimg‘a yetmayin,

Istay desam hayot, Masiho davosidin. 

Mendek qul o‘lg‘an elga qo‘yub tengri qullug‘in,

Mingdin bir ermas emgakim aning sazosidin. 

Dam urma bu chamanda, Navoiyki, bir gule  

Bilmas zag‘an fig‘onini bulbul navosndin. 

504

Kul o‘lsa raxshi na’li barqidin ishq ichra bir xirman,

Vafo ahli ko‘zi ul kuldin o‘lg‘ay surmadek ravshan. 

Xayoling har ko‘ngulga kirgach, ani o‘rtasang tong yo‘q,

Anga nevchunki o‘tlug‘ ko‘nglum otashgohidur maskan. 

Chu ko‘nglum mazraida xirmani sabrimg‘a o‘t solding,  

Yangi dog‘im emas, qolmish qora o‘rni kuyub xirman. 

Nihon ishqing agar qatlimg‘a boisdur, bo‘yinsundum,

Kechar jon naqdidin ulkim, yoshurg‘ay shoh uchun mahzan. 

Firoqing biymidin bir yerda yo‘q g‘am shomi oromim,  

Kecha yer ko‘p yuvutkar kimki bor qasdida bir dushman. 

Boshinda savsani belbog‘ ila ul sarv etar jilva,  

Nazar aylang ochilg‘an bog‘ aro ozoda qad savsan. 

Buzug‘ ko‘nglumda ravzan bo‘ldn tig‘ing zaxmidin, yoxud

Bu vayron uy, hamonkim ochilmishdur, emas ravzan. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

257


Sipehr o‘lsa sanga markab, shafaq anjum bilan rangi,  

Ko‘p ildam surmakim, sen mast erursen, abrashinng tavsan. 

Navo chek vasl gulzorida gul shavqidin, ey bulbul  

Ki, hijron bog‘ida bo‘lmish Navoiy shevasi shevan. 



505

Borsang ol jonimni, to sensiz manga jon qolmasun,  

Jon qolib, jon ichra nogah dog‘i hijron qolmasun. 

Chun o‘larmen — chin deyin, ishqi buzug‘ ko‘nglumdadur,  

Men o‘lub, ul ganj bu vayronda pinhon qolmasun. 

Ey ko‘ngul, dey ko‘zga bu damkim, tirikmen, kelsa yor,

Orazidin bahra olsun, asru hayron qolmasun. 

Hajrida oncha balo yetkur manga, ey charxkim,

O‘zgalar ishqin havas qilmoqqa imkon qolmasun. 

Mujdai vaslin tilab, eykim, ko‘nguldin hajr o‘qin

Tortasen, vah, oncha voqif bo‘lki, paykon qolmasun. 

Dahr aro andoq maosh etgilki, sendin qolmasa  

Toat andoqkim, keraktur bori isyon qolmasun. 

Ey Navoiy, sobit o‘lsun shoh G‘oziy davlati, 

Ollida qul bo‘lmag‘an olamda sulton qolmasun. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling