Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


VOV HARFINING VILOHATAFZOYLARINING VAQOYe’I «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

VOV HARFINING VILOHATAFZOYLARINING VAQOYe’I «FAVOYID»DIN 

506

Tariqi ishq aro gar o‘zni fard qilsa birov,

Harif emas yeru ko‘k, necha gar erurlar ikov. 

Ko‘nguldin ayla mavolid maylini kam-kam,  

Bo‘lurg‘a fard mavoni’dururlar ushbu uchov. 

Desang falakka chiqay, foniy ul anosirdin,  

Nedinki, ruhungadur chormix bu to‘rtov. 

Havosi xams ila maqsud bo‘lmadi mudrik,  

Ko‘ngulni top iki-uch uzv, besh emas bu beshov. 

Fanoiy mahz yetar «Sittai zaruriya»

Nedinki yo‘qqa zarurat emas bu nav’ oltov. 

Xilofi shar’ agar yetti ko‘kka chiqqungdur,

Yaqinki, yetti tamug‘din batardur ul yettov. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

258


Navoiyo, sekiz uchmoq havosidin kechgim,  

Bular mavoni’ erur, yor istar o‘lsa birov. 



507

O‘t yolindek sen qachon chopsang samandi barqrav,  

Bir alam ul o‘tqa boshing ustida gulgun yalav. 

Tortibon tig‘i jafo, bag‘rimni yuz chok ayladi,

Bordi ulkim der edilar el meni bag‘ri butav. 

Hullai kofurgun ul xil’ati xazro uza,

Sabzai jannatqa go‘yo tushti rahmatdin qirav. 

El inoni ixtiyori chiqqti yaksar ilgidin,

Po‘yada har sari ul chobukki qaytardi jilav. 

Xo‘blar ichra birav ko‘nglumni olmishkim, ani  

Mendin o‘zga kimsa birla qilmag‘il, yo rab, ikav. 

Tiyralar lutf aylabon tutmas safo ahli yerin,

Yorig‘an birla uchi, sham’ o‘zini tutmas ko‘sav. 

Gar Navoiy kilkidek el kilki shakkarrez emas,

Ayb qilma, birdek o‘lmas nayshakar birla g‘arav. 

508

Yordin ayru may ichmak qindurur balkim og‘u,  

Xoh og‘zda talx su, xohi burunda sho‘r su. 

Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa jon bergasen.  

Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt o‘ldimu. 

Istasam husnung zakotin, gar bo‘lur moni’ raqib,

Ne ajab, chun it bo‘lur doim gado birla adu. 

Nevchun og‘zingg‘a yetar deb jomi gulgun dam-badam,  

Xasta  ko‘nglum g‘unchadek qon bog‘lanibtur to‘-bato‘. 

Menki, o‘ldum ko‘yida, ko‘nglum o‘tining dudidur,  

Zog‘din qilmang gumon, qonlig‘ tanim uzra g‘ulu. 

Zohidi xudbing‘a xirqam zayli tegdi, ey rafiq,  

Olib egnimdin, fano dayri aro may birla yu. 

Ey Navoiy, ko‘rgach ul qotilni, qo‘ydung yerga bosh,

Buyla bosh qo‘yg‘ach nafas tashvishidin forig‘ uyu. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling