www.ziyouz.com kutubxonasi
261
Ey Navoiy, dahr bo‘stonida bulbul men kebi
Bo‘lmag‘ay, topsang yurub, bir guljabinlik zod sarv.
513
La’lini desam chashmai hayvon erur ushbu,
Der muktai jonparvarikim, jon erur ushbu.
Jismimnn ajal dedi junun dashtida go‘yo,
Sahroyi qiyomat, dog‘i uryon erur ushbu.
Bilmonki, erur g‘unchai nobing ko‘ngul ichra,
Yo hajr o‘qidin qon aro paykon erur ushbu.
G‘am dashti aro oh samuminki yoyibmen,
Kim ko‘rsa degay: shu’lai hijron erur ushbu.
Ko‘z hayratini toglamakim, to seni ko‘rmish,
Yo husnunga, yo holima hayron erur ushbu.
G‘am shomi erur tiyra, gar ichsam mayi ravshan,
Ayb etma manga, sham’i shabiston erur ushbu.
Ishqimni Navoiy qiladur tark demishsen,
Jon tarkini kim qilsa, ne imkon erur ushbu.
514
Hajrida oshiqning afg‘ondin qarori bormu,
Kecha it faryod etarda ixtiyori bormu!
Ro‘baro‘men yor ila, ey xozini jannat, degil:
Ravzaning mundoq xazon birla bahori bormu?
Mehr ul yuzcha emas desam, tong ermas mehrning
Ko‘zu qoshu xattu xoli mushkbori bormu?
G‘unchadin ortuqdur og‘zi, g‘unchag‘a aylang nazar,
Buyla ikki rasta durri shohvori bormu?
Yorutur parvona shomin sham’ nuri vaslidin,
Men kebi aning qorarg‘an ro‘zgori bormu?
Adl jomi bazm aro, soqiy, bukun nnsof emas,
Hech kimning mencha oshubi xumori bormu?
Demaknm, olamni xascha ko‘rmamishsen mu’tabar,
Ayt filvoqi’ki, oncha e’tibori bormu?
Eyki bizni xonaqah sari tilarsen dayrdin,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |