www.ziyouz.com kutubxonasi
260
511
Soqiyo, men yutmag‘an xunobi hijron qoldimu,
Bermasang may, emdi qon yutmoqqa imkon qoldimu.
Eyki, dersen, istasang vaslimni, jon qilg‘il fido,
Muni so‘r avvalki, hajringdin manga jon qoldimu.
Ishq maxfiy qolmas oxir, ey ko‘ngul, ko‘p chekma jon.
Men ham avval ko‘p yoshurdum, ko‘rki, pinhon qoldimu.
Chektilar majruh ko‘nglumdin xadangin kuch bila,
Bore, ey jon, mujdae bergilki, paykon qoldimu.
Ko‘rgach ul oyni, junundinkim yiqildim, ey rafiq.
Tengri uchun aytkim, holimg‘a hayron qoldimu?
Ey ko‘ngul, bu gulshan atrofig‘a boqkim, g‘unchae
Kim, ko‘ngul jam’ ayladi, bo‘lmay parishon qoldimu.
Ey Navoiy, qochmag‘il hamdamlig‘imdin, ko‘rki yor,
Gar sanga mehrin kam etti, bizga yakson qoldimu.
512
Garchi ko‘p sargashlik etti bog‘ aro bunyod sarv,
Qomatingg‘a banda bo‘lmay, bo‘lmadi ozod sarv.
Dahr dehqoniki, yuz ming sarv qildi jilvagar,
Gulshani davron aro bermas qadingdek yod sarv.
Boshig‘a to qomating da’vosidin tushti havo,
Ko‘rdi ko‘p qushlar lagadko‘bi bila bedod sarv.
Topmamish yeldin sado birla taharrukkim, ko‘rub
Qomatingni iztirob aylab, qilur faryod sarv.
Go‘yiyo qaddingg‘a oshiqliq havosin tuzdikim,
Sarsari ohim yetib, berdi o‘zin barbod sarv.
Laxli qadding shavqidin bo‘ston aro chun tushsa o‘t,
Shu’la tez aylar o‘tundin, uylakim, shamshod sarv.
Sheva qil tuzlukka, osibe xazondin ko‘rmadi,
Toki bo‘ldi rostlig‘ oyinida mu’tod sarv.
Doimo ozodlarning sabzu xurram bo‘lmog‘i,
Bog‘ aro bulbul tili birla qilur irshod sarv.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |