Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

270


Navoiy o‘lsa, yodin qilmag‘ilkim,  

O‘lar el ham, desang andin fasona. 



530

Nash’a yetmas boda gulgun bazmgah gulzor esa,  

Gar ko‘ngul ichra birovning xorxori bor esa. 

Bazm aro gar hoziru gar g‘oyib o‘lsun — bok emas,  

Tengri yori qayda bo‘lsa, yori bizga yor esa. 

Vasl no‘shidin agar ummid marhamdur, ne tong,

Hajr neshidin bag‘ir choku ko‘ngul afgor esa. 

Ham kecha hojat emastur sham’u ham kunduz quyosh,  

Munisim gar subhu shom ul sarvi gulruxsor esa. 

Naqdi imonimni ul kofir chu toroj ayladi,

Ne ajab ollimda but, bo‘ynumda ham zunnor esa. 

Qechalar har ko‘chada itdek yugursa, tong emas,  

Kimki aning dilbari bir shabravi ayyor esa. 

Ey xarobot ahli, bizdin jur’ae tutmang darig‘  

Kim, erur may rahni gar xud jubba, gar dastor esa. 

Tut qadah davrini xushkim, yo‘q bajuz sargashtalik,

Dahr davrida bu to‘qquz gunbadi davvor esa. 

Ey Navoiy, may bila daf’ ayla ul oy hajridin,

Xasta jisming zor esa, ko‘nglungda yuz ozor esa. 

531

Mehri ruxsorig‘a xat zohir etibtur dilxoh,  

Ne ajab, sabzai xattini desam mehri giyoh. 

Surma chekkan ko‘zi ohim tutuni kasratidin,  

Ohkim, qildi meni ham o‘zidek xonasiyoh. 

Bir kichik yoshlig‘ uchun bo‘lmish uluq tinmaq ishim,

Garchi ishqida dame ting‘ali qo‘ymas meni oh.  

Buki qonimni to‘kub, dermen ichibsen, basdur   

G‘amza tig‘i bila xunxora ko‘zung ikki guvoh. 

Xo‘blardin sanga gar yetsa g‘ubore, ne ajab,  

Shohg‘a bo‘lmadi gard, aylamayin xaylu sipoh. 

Davr eli javridin o‘ldum, qani mayxona yo‘li  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling