www.ziyouz.com kutubxonasi
269
528
Ey ko‘ngul, tortar esang sarsari oh,
Olam ahlin burun etgil ogoh.
Buki qon etti labing bag‘rimnn,
Ikki xunbor ko‘zum ikki guvoh.
Hola ul yuzga mudavvar ko‘zgu,
Yuzining aksidur ul ko‘zguda moh.
Mehri ruxsoring uza sabzai xat,
Ajab ermas bu esa mehri giyoh.
Dahrdin bo‘ldi panohim ishqing,
O‘t samandarg‘a, ne tong, bo‘lsa panoh.
Istaram mastlig‘ ul yanglig‘kim,
O‘lgucha bo‘lmasam o‘zdin ogoh.
Soqiyo, bodaki, bu hasrat ila
O‘lmagaymen meni mahzun nogoh.
Johu mol ahlida yo‘q mehru vafo,
Bas manga mehru vafo mol ila joh.
Gar Navoiy gunahi ishqing erur,
Afv qilmoqchi ham ermas bu gunoh.
529
Bo‘lur shom ul mahi Naxshab ravona,
Kamandi zulfin ochib shab ravona.
Qora tun azm etarkim, ko‘rmagay el,
Jamolidin vale yorur zamona.
Meni man’ etmish o‘z hamrahlig‘idin,
Manga, vahkim, ajab ish tushti yona.
Hayotim emdi xud mumkin emastur
Ki, o‘lmakka tilar erdim bahona.
Ko‘z ochqaymen magar mahshar sabohi
Ki, ichmishmen ajab jome shabona.
Bu gulshan gullari chun bevafodur,
Alardin chekma, ey bulbul, tarona.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |