Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

278


Charx ko‘zgusin shafaqgun topqay aning aksidin,  

Ul yuzu lab hajridin boqqan kishi qon yoshima. 

O‘lmisham la’li mayi shavqida, may soling mudom,  

Yo‘ndurub har yon qadahlar qabr qilg‘an toshima. 

Ko‘yiga qo‘yg‘ach qadam, boshimg‘a urdi tig‘i zulm,

Sarfaroz etti bu xidmat aylagan podoshima. 

Topmag‘ay shoyad sabuh aylarga mayl, ey tong yeli,  

Elt jonim naqdini mayxorai qalloshima. 

Shammae fosh ayla sargardonlig‘imdin, ey quyun,

Uchrasang dasht uzra Majnun ismlik qardoshima. 

Dur sochar ko‘zdin Navoiy, lek ul yo‘qturki, yor  

Bir kecha so‘ng‘ay ayog‘in didai durposhima. 



546

Ko‘rgali chun toqatim yo‘qtur seni bir yor ila,  

Vah, ne bo‘lg‘ay holatim ko‘rgan zamon ag‘yor ila, 

G‘ussa tog‘ida ulus ko‘rgay ochilg‘an lolazor,  

Har yon etsam mayl bu uryon tani afgor ila. 

Torami xurshid uza naylay Masihodin iloj,  

Za’f aro ko‘yida xushmen soyai devor ila. 

Qondurur  ko‘nglumda,  yonimda  so‘ngaklar qobsabon,  

Kom olur ishrat mayidin lahni musiqor ila. 

Ey fusungar, yozma tumor ul junun daf’ig‘akim,

Sharhi yozilsa, tuganmas yuz tuman tumor ila. 

Ko‘nglum ichrakim, sig‘ishmas novaking paykonlari,  

Berkitibturlar o‘qung shavqini yuz mismor ila. 

Dema jismimda mudavvar dog‘larkim, davri charx  

O‘rtamakka qismat aylabtur ani pargor ila. 

Qasri jannat birla kavsar mayli qilmon, ey faqih  

Kim, ko‘ngul ulfat tutubtur kulbai xammor ila. 

Olam ahlig‘a qo‘shilmoqqa o‘zungni qilma zor,  

Chunkn ayrilmoq keraktur so‘ngra yuz ozor ila. 

Dayr  aro badmastlig‘ jurmonasi, ey mug‘bacha,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling