Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

274


Birovki soldi quloq nolai nihonimg‘a. 

Emastur ashhabining to‘rt ayog‘ elinda xino  

Ki, ko‘nglum ichra qilib jilva, kirdi qonimg‘a. 

Menga harom fano dayri pirining qadahi,  

Vujud xonaqahi gar o‘tar gumonimg‘a. 

Navoiyo, tutubon boda, sirri vahdat so‘r 

Ki, chekmay ikki qadah kirmas ul bayonimg‘a. 

Uyquni ohim yeli ko‘zdin uchurdi bu kecha,  

Aqlu his avroqu ajzosin sovurdi bu kecha. 

Anjam ermas, charx zulmin holima anglab qazo,

Tiyra ruxsorimg‘a ming qatla to‘kurdi bu kecha. 

Hajrdin tufrog‘ bo‘ldum, go‘yiyo ashkim suyi  

Boshima charxi ko‘han toqin yemurdi bu kecha. 

Zulm toshi yog‘durub, hijron qilichi indurub,

Ne balolar ishq boshimg‘a keturdi bu kecha. 

Zaxm ko‘ptin men o‘lum holida o‘lgan sog‘inib,  

It yalab qonim, so‘ngaklarni ko‘murdi bu kecha. 

Subh toli’ bo‘lmadi, garchi ul oydin ayru hajr,  

Boshima ming qatla gardunni uyurdi bu kecha. 

Charx men sargashta yoshidin xijil bo‘ldiki, ko‘p  

Anjumi ashkim shihoboso yugurdi bu kecha. 

Tiyra andindurki, oy, kun sham’in ohim sarsari  

Charx fonusi aro bir-bir o‘churdi bu kecha. 

Ey Navoiy, o‘lmakim anglab ul oyning ko‘yida,  

Itlari bir dam ulub, bir lahza hurdi bu kecha. 

539

Ishq rahm etsa bu sargardon tani bemorg‘a,

Qaytara aylandurur tob ochqan eldek torg‘a. 

Hajr dardidin quloqlashmaqqa mahram soyadur,  

Tak’ya solmoq shomi furqat za’fdin devorg‘a. 

Uchti yo yanchildi mahvashlar toshidin, ey rafiq,

Yoqma mundin nori marham bu tani afgorg‘a. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

275


G‘am emas o‘lsamki, joni xoksorimdur mening,  

Gardkim, o‘lturdi javlon vaqti ul ruxsorg‘a. 

La’lu xattining Masihoyu Xizrdin ori bor,

Ey musavvir, sunma qo‘l shingarf ila zangorg‘a. 

Tark etib savdo, aning savdosig‘a tushmish ulus,  

Kirgali Yusuf jamolim sayr uchun bozorg‘a. 

Ne bade’ avzo’ erurkim, aql boshi aylanur,  

Gar dame fikr aylasam bu gunbadi davvorg‘a. 

Tuzma oyini muhabbat el bila, gar istasang

Kim, o‘zungni solmag‘aysen ranj ila ozorg‘a. 

Ey Navoiy, yordin ag‘yor mayli qildi yor,  

Yorkim ko‘rdi bu yanglig‘ zulm qilg‘ay yorg‘a. 



540

Yo‘lunda tufrog‘ o‘ldum, ey sabo, o‘tsang g‘uborimg‘a,  

Quyun bo‘l dog‘i eltib sadqa qilg‘il guluzorimg‘a. 

Gar o‘lsam ul malak siymo pariy hajrinda, aylang‘ay

Pariy birla malak parvonadek sham’i mazorimg‘a. 

Firoqi tiyr boroninki, chektim qushg‘a o‘xshatqay 

Ki, yulmishlar yungin boqqan kishi jismi figorimg‘a. 

Quyosh yanglig‘ yuzung hajrinda ermas yorumoq mumkin,  

Gar o‘lsa yuz quyosh toli’ qorarg‘an ro‘zgorimg‘a. 

Yigitlar ishqini gar ixtiyor etmay desam, qo‘ymas

Yigitlik birla oshiq shevalik o‘z ixtiyorimg‘a. 

Junun vodiysida qolur sabo yuz dashti po‘yamdin,  

Anga yetmon, ne ildam sayr ekin chobuksuvorimg‘a. 

Seni, ey  mug‘bacha,  mahrumluqdin asrasun tengri,

Agar bir jomi may birla iloj etsang xumorimg‘a. 

Fano  mayxonasining  mayfurushig‘a  fido  jonim  

Ki, may ehson qilur holatda boqmas yo‘qu borimg‘a. 

Vafo o‘tig‘a men kuydum vale topqay Navoiydek

Muhabbat rishtasi boqqan kishi har bir sharorimg‘a. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling