Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

541


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

276


Surati devordek hayronmen ul ruxsorg‘a,  

Yo‘qsa g‘amzang o‘qlari tikmish meni devorg‘a. 

Zor jismimda bo‘g‘unlar mehnatimning sonidur  

Kim, sanab, har yerda tugdum bir tugun har torg‘a. 

Tori zulfung ichrakim, ashkim to‘kar kofir ko‘zing,

Mehrai tasbih tortar rishtai zunnorga. 

Bir-iki kun zor ko‘nglumdin firoqingni ketar,  

Zahrkim, bermish bu kunluk tonglaliq bemorg‘a. 

Zaxmi ko‘pluktin ko‘ngul sirrini fahm etmak bo‘lur  

Kim taammul birla boqsa bu tani afgorg‘a. 

Gar desang sargashtalik ko‘rmay yo‘lungnn tuz yuru,

Gar inonmaysen, nazar qil charxi kajraftorg‘a. 

Ey Navoiy, gar desang hijron xumorin daf’ etay,  

Jahd etib, solg‘il o‘zungni kulbai xammorg‘a. 



542

Ikki yuzdin qadingg‘a ikki gesu bo‘ldi piroya,  

Chu sham’ o‘ldi iki, el qaddig‘a ikki bo‘lur soya. 

Sening gulgun to‘nungkim, naqsh erur zar rishtadin har yon,

Biaynih uyladurkim, zarvaraq ostidag‘i loya. 

Chekarmen voyu doyim buki, jon la’lingdin olg‘ay kom,  

Mening jonimg‘a voy ar hosil o‘lmas, anga bu voya. 

Labi jonbaxshing o‘ldi yuqori ul xoli jodudin  

Ki, teng ermastur i’joz ahliyu sehr axlig‘a poya. 

Ajab yo‘q, sabzai xat soyasida jonfizo la’ling  

Munosibturki, bo‘lg‘aylar Masihu Xizr hamsoya. 

Ato-onangga rahmat, ey o‘g‘ilkim, ko‘rmamish sendek  

Ne ul to‘qquz ato, bal ne bu to‘rt asrag‘uchi doya, 

Manga sarmoya zuhdu sud ummidi bihisht erdi,  

Chu toptim boda birla dayr, bordi sudu sarmoya. 

Ko‘ngul to hajr aro itti, anga bir lahza ming yildur,

Manga ma’lum ermas holi ul chog‘din ilo g‘oya. 

Navoiy, chun har ish qilsang, kerak piroyayu sozi,  

Fano yo‘lig‘a kirkim, ne kerak sozu ne piroya. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling