www.ziyouz.com kutubxonasi
280
Dahrda yo‘qtur karam, dahrning ahlida ham,
Qilmag‘asen, ey ko‘ngil, fikri muhol o‘zgacha.
Zuhd, Navoiy sanga bermadi masjidda fayz,
Emdi kirib dayr aro, tarhni sol o‘zgacha.
549
Qayu qushkim, qo‘nar bu paykari Majnun misol uzra,
Erur tan za’fidin qushdekki, yo‘ng‘aylar xilol uzra.
Balo toshi xam o‘lg‘an qaddim ustidin yiroq ketmas,
Biaynih nuqta yanglig‘kim, tushar yozg‘anda zol uzra.
Agar maygunlug‘idin rang aylar ersa mashshota,
Ko‘zumnung mardumin qo‘yg‘ul o‘yub ul turfahol uzra.
Qoshingning toqi ustida emastur anbarin xoling,
Zuhal go‘yo ochibtur orazi mushkin hilol uzra.
Ne tong, nozuklugidin gar qurayshi bo‘rk og‘ir keldi,
Xam aylar, chun qirov ko‘prak yog‘ar nozuk nihol uzra.
Savodi xat bila ham orazing xurshidi ravshandur,
Safoda ne tafovut soya tushkandin zulol uzra.
Belingga to soching chirmashti, rashkidin aning har tun
Dimog‘imda tong otquncha xayol ermish xayol uzra.
Ko‘zumni istasang ravshan, qadahni yopma, ey soqiy,
Kerakmastur sahob ul axtari farxundafol uzra.
Navoiy, yor la’lida uchuqtur, yo‘qsa yopushti
Chibinning parridin bir pora qo‘ng‘an chog‘da bol uzra.
550
Hajr o‘ti dog‘i bila ko‘nglumni, ey jon, o‘rtama,
Do‘zax o‘ti birla kuydur, dog‘i hijron o‘rtama.
O‘rtabon har kimni, o‘t jonimg‘a solma rashkdin,
Xalqni paydo, meni, majnunni, pinhon o‘rtama.
Lam’ai ruxsor ila din kishvariga solma o‘t,
Muncha islom ahlini, ey nomusulmon o‘rtama.
Ohim o‘ti uchqunin gardung‘a tortib, ey pariy,
Ul choqinlardin malak xaylini har yon o‘rtama.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |