Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
283
555 Har oyki g‘ayrima bir zarra mehri fosh o‘lsa, Aning sari boqa olmon, agar quyosh o‘lsa. Ko‘zumda ashkdek ul tifl parvarish topmish, Nazar haqini kerak bilsa necha yosh o‘lsa. Visol umidiga o‘zni yaqin solur oshiq, Firoqdin necha javrinda davr bosh o‘lsa. Ne tong, firoqi bag‘ridin xaroshliq chiqmoq, Birovki, bag‘rida g‘am changidin xarosh o‘lsa. Bahorim o‘ldi chu gulchehra sho‘xlar, ne ajab, Yog‘ar nima boshima jolavor tosh o‘lsa. Xush ulki, tog‘ etagin tutsa xalqdin qochibon, Uzalsa ostida xoro anga firosh o‘lsa. Demang, Navoiy, agar yoring o‘lsa qatlnng etar, Nekim murodidurur uyla qilsa, kosh o‘lsa.
Eyki, yuz ming dog‘ qo‘ydung jismi g‘amparvardima, Bilki, bo‘lmish har biri oxir davo bir dardima. Xajr aro holim gahe behushluq, gah g‘am yemak, Ishqing iqbolida qil nazzora xobu xo‘rdima. Toza qonlig‘ dog‘ isi ko‘nglum aro muhlikdurur, Atri ruhafzo ko‘rung g‘am bog‘i ichra vardima. O‘yla xoki jism ila ketmak tilarmen dahrdin Kim, ajal ham yetmagay sur’atlar aylab, gardima. Sovug‘ ohim hayrati ishq ahli ko‘nglin o‘rtadi, Turfa ishdur el ichin kuydurmak ohi sardima. Dahr bog‘inpng hazoni yafrog‘idur qon yoshim, Obkash yanglig‘ki, xatlar chekti ro‘yi zardima. Yel kelturgach ko‘yi tufrog‘ini, toptim shohlig‘, Ey Navoiy, qil tamosho ganji bodovardima.
Qo‘ydi usruk yuzni bu xoki tani bemorg‘a, Sham’ yanglig‘ki tayamishlar ani devorg‘a.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 284
Anjum o‘lsa mehr uza, oncha ko‘runmas lutf aro Kim, gahi ter qatrasi ul mehrvash ruxsorg‘a. Ul ko‘z ermaskim, chekilmishdur uchi zulfung sari, Kofiredur, olg‘ali mayl aylamish zunnorg‘a. Qildi olamni guliston, ulki gulgun raxsh uza, Chiqti gulgun to‘n kiyib, gul sanchibon dastorg‘a. Dahr tufroqig‘a mehnat sabzasi bosh chekti boq, Har taraf paykon uchi chiqqan tani afgorg‘a. Husni davroni o‘tar barham bo‘lur, ey sarvi noz, Zor ko‘nglumni ko‘rub, mayl etmasang ozorg‘a. Istadi foius aro surat kebi sargashtalik, Elga ulkim, davr berdi gunbadi davvorg‘a. Yor yo‘q olamdakim, bir yor sirrin asrag‘ay, Bas ajab sirredururkim, el degay ag‘yorg‘a. Ey Navoiy, xonaqahda ko‘rmading juz dardi sar, Ani daf’ aylarga yuzlan kulbai xammorg‘a. 558 Soluram ruq’asini ko‘ngluma urg‘ach yora, Uylakim tom shikofi aro kog‘az pora. Meni Farhod ila Majnun dog‘i istab topmas, Tog‘u homun aro to ayladi ishq ovora. Ey Masih, urma nafaskim, sovurur gardimni, Ishq maqtulig‘a kim aylay olibtur chora. Charx tosh yog‘durubon, yerga ko‘milmish jismim, Yosag‘on anglama qabrimda o‘kulgan xora. Ey munajjim, gar ul oy sabru sukunum xabarin Demasang, yer quyi ham sobitu ham sayyora. Gar vafo bo‘lmasa davr ahlida, tong yo‘qki, hanuz Qilmamish charx vafo sog‘arini inkora. Gar Navoiy g‘am aro qoni qurub, bo‘ldi halok, Ne ajab, dilbari bir qotil erur xunxora.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling