LOM-ALIFNING LOLARUXLARINING LOBASI «FAVOYID»DIN
573
Nigorimg‘a bedod fan bo‘ldilo,
Diloro dedim, dilshikan bo‘ldilo.
Chiqardi chu xat husni gulzoridin,
Manga qism barcha tikan bo‘ldilo.
Yuzi lolasi hajridin ko‘nglakim,
Sirishk ichra qonlig‘ kafan bo‘ldilo.
Yoshim anjumin sochibon g‘am tuni,
Yuzi sham’i har anjuman bo‘ldilo.
Hadangeki, har kimga otti sipehr,
Nishoni bizning jonu tan bo‘ldilo.
Falakning yangi g‘amlarig‘a maqom,
Bizing eski baytul-hazan bo‘ldilo.
Vafo va’da qildi, dedim qilmag‘ung,
Navoiy, hamul men degan bo‘ldilo.
574
Soqiyi ishq, chunki urdi salo,
Tutmadi elga g‘ayri jomi balo.
Elga gar jur’a tutti, gar qatra,
Manga yetkanda davr quydi to‘lo.
Joni erkandurur aning bu mayi
Ki, bizning ko‘nglumizga berdi jilo.
Emdi jomi to‘layu gar xoli,
Biz anga bandabiz xaloyu malo.
So‘ngra tutti mudom sog‘ari may,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
293
Piri mayxona domi izzu alo.
May bila ko‘nglum o‘ldi uyla masal
Ki, topilmas aning kebi, masalo.
Gar Navoiyg‘a avval ayladi lutf
Dilbari, so‘ngra zulm ayladilo.
Do'stlaringiz bilan baham: |