Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
291
Gadoekim, o‘zin muhtoj ko‘rgay podsholarg‘a. Navo topti Navoiy, bargi gulkim, yordin keldi, Aning altofi yetkurdi muni bargu navolarg‘a.
Chunkn moyildur ko‘ngul ag‘yor sari yorg‘a, Sadqa jonim yorning ko‘ngli uchun ag‘yorg‘a. Istaram ag‘yor ayog‘in o‘pkamen, balkim ko‘zin Kim, borib ko‘yiga yetmish davlati diydorg‘a. Chun yetar atri dimog‘img‘a, kirar jismimg‘a ruh, Har nasimikim, esa ul sarvi gulruxsorg‘a. Har biriga jonni dermen sadqa aylay jilvada, Yuz tuman jon sadqa bo‘lsun ul qadu raftorg‘a. Naqdi jonu xirmani umrumni sarf ettim, valek Ul sanam qoni’ emas bu mablag‘u miqdorg‘a. Xalqdin yuz dasht yo‘l tutsun qiroq ul zorkim, Derki o‘zin solmayin har lahza ming ozorg‘a. Xilvatingda chun kushode topmadim, ma’zur tut, Bo‘lsam, ey shayx, emdi azm kulbai xammorg‘a. Ey Navoiy, besarupolig‘ chu qilding ixtiyor, Kir fano ko‘yiga, boqma kafsh ila dastorg‘a.
Hirotdin agar o‘t tushsa Sabzavorg‘acha, Bo‘lay samandaru tortay o‘zumnn yorg‘acha. Ko‘ngul dog‘i bu o‘t ichra yo‘luqsa ham xushtur Ki, bo‘lsa hamrahim ul sarvi gul’uzorg‘acha. Junun aro yorishib gohu goh qichqirishib, Yetishsak ikkimiz ul tundi shahsuvorg‘acha. Emas chu umr ishi ma’lum, har nechuk bo‘lsa, O‘zumni yetkurayin yor o‘lur diyorg‘acha. Ajal chu yetti aning ko‘yi sari sudransam, Fidosi jismi nizor o‘lsa joni zorg‘acha. Chu ko‘yi ichra mazorimg‘a bersalar tartib, Qadamin qilsa gahe ranja, ul mazorg‘acha.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 292
Visol qaydayu men qayda, soqiyo may tut Ki, mo‘r sayri emas charxi zarnigorg‘acha. Erur bahor g‘animat, may ichki, bilmassen Ki, dahr bog‘ida bo‘lg‘ung yana bahorgacha. Navoiyo, g‘amim o‘lturdi, g‘amzada may ber, Yo‘q ersa boshla meni yori g‘amgusorg‘acha. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling