www.ziyouz.com kutubxonasi
287
Ne bo‘lg‘ay erdi har bir o‘rnig‘a tushsa edi yuz ming,
Aning ishqida men farsudai dardu mihan uzra.
Ko‘zumga o‘t choqilg‘an hajr kojidin, hamonokim,
Choqindektur, damo-damkim tushar bu zor tan uzra.
Asar ko‘r ishqi komilg‘aki, zaxmi menda zohirdur,
Ne qamchikim, tushubtur ul buti paymonshikan uzra.
Aning nozuk tanida zaxm tong ermaski gardundin,
Erur xoro aro qon la’lu gul jismi tikan uzra.
Mening holimg‘a yig‘langkim, agar Shiring‘a gul yog‘sa,
Yog‘ar yuz sangboroni baliyat ko‘hkan uzra.
Navoiy, yorg‘a gulbarge teksa o‘lgudek erding,
Ne ayb o‘lsang, ko‘rub zaxm ul buti siyminbadan uzra.
564
Hujumi xol erur ul guli jamol uzra,
Nachukki, mushk sochilg‘ay hariri ol uzra.
Junun salosili bo‘ynumda, za’fliq tan ila
Hunarvar uylaki, zanjir osar xilol uzra.
Qading tahammuli yo‘q ruhlarg‘a andoqkim,
Tuyur qilsa vatan nozanin nihol uzra.
Beling xayoli tanim birla toki chirmashti,
Xayoldur meni devonag‘a xayol uzra.
Menu firoq yuki hamli o‘zga qavmdurur
Ki, bazmi aysh tuzar masnadi visol uzra.
Solur futur safolig‘ ko‘ngulga xorij dam,
Yel ul sifatki, tamavvuj solur zulol uzra.
Navoiy ayladi jonin fidoyu vasl so‘zi,
Emas yaqinu o‘tar barcha ehtimol uzra.
565
Ko‘rung, g‘am qatlgohida, balo jallodi qoshimda,
Junun zanjiri bo‘ynumda, siyosat tig‘i boshimda.
Ichimning qonu dog‘idin toshimg‘a ham asar yetti,
Nishondur loladek ul gul g‘amidin ichu toshimda.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |